> Muammolarni hal qilish > LCD ekranda namoyish qilinadigan xabar

LCD ekranda namoyish qilinadigan xabar

Agar LCD ekranda xatolik to‘g‘risida xabar namoyish qilinsa, muammoni yechish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga yoki quyidagi yechimlarga amal qiling.

Xatolik to‘g‘risidagi xabarlar

Yechim

IP manzil kombinatsiyasi va subtarmoq maskasi xato. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hujjatni ko‘ring.

To‘g‘ri IP-manzil yoki sukut bo‘yicha shlyuzni kiriting. Yordam olish uchun tarmoqni o‘rnatgan odamga murojaat qiling.

Chop qilish kallagini rostlash bekor qilindi. Chop qilish kallagi bilan bog‘liq muammo mavjud. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.

Agar soploni tekshirish va chop qilish kallaigini tozalashni 3 marta takrorlagandan keyin chop qilish sifati yaxshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting va keyin soploni tekshirishni ishga tushiring va zarur hollarda kallakni tozalashni takrorlang. Biz tugmasidan foydalanib printerni o‘chirishni tavsiya qilamiz. Agar chop qilish sifati baribir yaxshilanmasa, Kuchli tozalash funksiyasini ishga tushiring.

Agar Kuchli tozalash ni ishga tushirgandan keyin chop qilish sifati yahshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting, va keyin soploni tekshirish qismini yana chop qiling. Chop qilingan qismga qarab Chop etish kallagini tozala yoki Kuchli tozalash ni ishga tushuring. Agar sifat baribir yaxshilanmasa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Quyidagiga ruxsat bering yoki batafsil ma’lumot uchun foydalanuvchi qo‘llanmasi bilan tanishib chiqing. Tasdiqlagandan keyin [Tushunarli]ni tanlang.

QR kodni skanerlay olmasangiz aqlli qurilmaga ulaning. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang.

Aqlli qurilmalarga ulanish uchun parametrlarni belgilash

Aloqa xatosi. Ulanishni tekshiring.

Kompyuter va printerni to‘g‘ri ulang. Agar tarmoq orqali ulayotgan bo‘lsangiz, kompyuterda tarmoq ulanishini bayon qiluvchi sahifaga qarang.

Agar xatolik to‘g‘risidagi xabar skanerlash vaqtida namoyish qilinsa, Epson ScanSmart-ning kompyuterga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

Kompyuterga ulanish uchun parametrlarni belgilash

Bulut xizmatlarini ishlatish uchun negiz sertifikatni yangilang.

Web Config-ni ishga tushiring va keyin negiz sertifikatini yangilang.

Web Config-ni veb-brauzerda ishga tushirish

Bu xususiyatni ishlatish uchun kompyuterga Epson Event Manager dasturini o‘rnating. Tafsilotlari uchun yordamni o‘qing.

Kompyuterga Epson ScanSmart dasturini o‘rnating.

Ilovalarni alohida o‘rnatish

Kompyuter topilmaganida quyidagilarni tekshiring. - Printer va kompyuter o‘rtasidagi aloqa (USB yoki tarmoq) - Kerakli dasturiy ta’minot o‘rnatilganligi - Kompyuter yoqilganligi - Fayrvol va xavfsizlik dasturi sozlamalari - Yana qidiring Tafsilotlari uchun yordamni o‘qing.

Kompyuter to‘g‘ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Ulanishi holatini tekshirish

Ulanishi holatini tekshirish

Kompyuterda Epson ScanSmart o‘rnatilgan bo‘lsin.

Ilovalarni alohida o‘rnatish

Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring.

Printer menyusidagi Xususiyat > Port-dan printer portining to‘g‘ri tanlanganligiga quyidagicha ishonch hosil qiling.

USBXXX” USB orqali ulanish uchun, yoki tarmoqqa ulanib printer drayveri o‘rnatilganda qo‘yiladigan belgi uchun “EpsonNet Print Port”-ni tanlang.

Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun USB port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring.

Qog'ozni sozlash – O‘chirilgan. Ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin. Tafsilotlar uchun jihoz hujjatlariga qarang.

Agar Qog'ozni sozlash o‘chirilgan bo‘lsa, AirPrint-dan foydalanib bo‘lmaydi.

Qo‘yilgan xotira qurilmasini ishlatib bo‘lmaydi. Tafsilotlari uchun yordamni o‘qing.

Mahsulot tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xotira qurilmasidan foydalaning.

Xotira qurilmasining texnik xususiyatlari

Chop etish bekor qilindi, chunki uzun qog'oz chop etish vaqti yarmida chiqarib tashlanishi mumkin.Qog'oz uzunligini 1300 mm dan qisqaroq qilib sozlang.Tafsilotlar uchun qo'llanmangiz bilan tanishing.

Yuqori haroratlar tufayli chop qilish uzoq vaqtni oladi va uzun qog‘oz chop qilishning yarmida chiqailishi mumkin.

  • U 1,3 m dan qisqaroq bo‘lishi uchun qog‘oz uzunligini o‘rnating.

  • 32°C dan pastroq haroratda chop qiling.

Chop etish bekor qilindi, chunki uzun qog'oz chop etish vaqti yarmida chiqarib tashlanishi mumkin.Sifat ni Standart qilib sozlang.Tafsilotlar uchun qo'llanmangiz bilan tanishing.

Chop qilinadigan ma’lumotlarning kattaligi tufayli chop qilish uzoq vaqtni oladi va uzun qog‘oz chop qilishning yarmida chiqailishi mumkin.

Sifat ni Standart ga o‘rnating.

Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugadi. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin.

Epson qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish

Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugamoqda. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Chop etishni qayta boshlash uchun OKga tegining.

Epson qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish

Printer xatosi

Quvvatni qaytadan o'chirib yoqing. Agar muammo saqlanib qolsa, “Davom etish” tugmasini bosing.

Quyidagilarni bajaring.

1. Skaner qurilmasini oching va printer ichidagi ham qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Agar kir bo‘lsa yarim shaffof plyonkani tozalang.

Tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlash

Yarim shaffof plyonkani tozalash

2. Skaner qurilmasini yoping, tokni o‘chiring va qayta yoqing.

Quvvat o‘chirlganidan va qayta yoqilganidan keyin ham xatolik xabari yana namoyish qilinsa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Epson qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish

Saqlash jarayonida xatolik yuz berdi. Tekshiring, agar zarur bo‘lsa xotira qurilmasini o‘zgartiring.

Xotira kartasi kabi tashqi xotira qurilmasi ishdan chiqishi mumkin. Qurilma ishlayotganini tekshiring.

Xotira qurilmasining texnik xususiyatlari

Media tanilmadi. Media haqidagi tafsilotlar uchun yordamni o‘qing

Mahsulot tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xotira qurilmasidan foydalaning.

Xotira qurilmasining texnik xususiyatlari

XXga quyidagi qogʻozni soldingizmi?

Chop qilish parametrlarini o‘zgartiring yoki qog‘oz kasetasidagi chop qilish sozlamalariga mos keluvchi qog‘oz soling va keyin qog‘oz sozlamalarini o‘zgartiring.

Agar keyingi safar bu xabarning ko‘rsatilishini xohlamsangiz, Sozlamalar > Yo‘naltirgich funksiyalari ni tanlang va keyin Qog‘oz mos emas ni O‘ch ga o‘rnating.

Recovery Mode

Update Firmware

Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi. Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.)

2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring.

* Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun mahsulot yostiqchaning so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda hoshiyasiz chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez-tez talab qilinishi hoshiyasiz chop qilish usulidan foydalanib chop qilishlar soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.