Nusxalash va Qo‘shimcha sozlamalar panellaridagi foydalanish mumkin bo‘lgan bandlar siz tanlagan menyuga ko‘ra o‘zgaradi.
Nusxalash uchun menyu opsiyalari
Ko‘rish
Nusxa olish natijalarini ko‘zdan kechirish uchun skanerlangan tasvirni ko‘rsatadi.
Oq-qora
Als nusxani oq va qorada (monoxrom) nusxa ko‘chiradi.
Rangli
Asl nusxani rangli nusxa ko‘chiradi.
(2 tomonlama)
1→ 1 tom.
Originalning bir tomonini bir varaq qog‘ozning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi.
1>2 tomonlama
Ikkita bir tomonli originallarni bir varaq qog‘ozning ikki tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.
(Zichlik)
Nusxasi xira chiqsa, + belgisidan foydalangan holda zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, - belgisidan foydalangan holda zichlik darajasini kamaytiring.
(Miqyos)
Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatni tanlang va originalni 25 dan 400% gacha oraliqda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.
Haqiqiy o‘lchami
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
Avto-moslash
Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.
10x15sm->A4, A4->10x15sm, va shu kabilar
Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
(Qog‘oz)
Ishlatiladigan qog‘oz manbasini tanlang. Solingan qog‘oz o‘lchami va turini tanlash uchun -ni tanlang.
Ko'p sahifali
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi.
O‘chirilgan
Kitobning bir yuz sahifasidan varaqning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi. Bu menyu faqat Kitob nusxasi menyu ekranida ko‘rsatiladi.
2 yuqoriga
Kitobning ikkita yuz sahifasini varaqning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi. Bu menyu faqat Kitob nusxasi menyu ekranida ko‘rsatiladi.
Sifat
Nusxa olish uchun sifatni tanlang. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin. Agar anchagina balandroq sifatdan foydalanib oddiy qog‘ozga chop qilmoqchi bo‘lsangiz, Eng yaxshi ni tanlang. Chop qilish tezligi sezilarli darajada sekinlashishi mumkinligini yodda tuting.
Fonni olish
Original hujjatning qog‘oz rangini (fon rangini) aniqlaydi va rangni olib tashlaydi yoki oqartiradi. Rangning to‘qligi va ochligiga qarab, olib tashlanmasligi yoki oqartirilmasligi mumkin.
Kengaytiruv
Hoshiyalarsiz nusxalash bilan birga, qog‘oz chekkalaridagi hoshiyalarni olib tashlash uchun tasvir bir oz kattalashtiriladi. Rasmni qanchalik kattalashtirish kerakligini tanlang.
Barcha soz-ni tozalash
Nusxalash sozlamalarini standart holatiga qaytaradi.