> Chop qilish > Turli narsalarni chop qilish > Yozuv qo‘gozini chop qilish

Yozuv qo‘gozini chop qilish

Siz xotira qurilmangizdagi fon sifatida o‘rnatilgan rasmlardan foydalanib asl yozuv qog‘ozlarini osongina chop qilishingiz mumkin. Uning ustiga osongina yozish mumkin bo‘lishi uchun foto yengil chop qilinadi.

  1. Printerga qog‘oz soling.

    Qog‘ozni yuklash

  2. Printerning SD karta uyasiga yoki tashqi interfeys USB portiga xotira qurilmasini qo‘ying.

    Xotira kartasini solish va olib qo‘yish

    Tashqi USB qurilmasini solish va chiqarib olish

  3. Boshqaruv panelidagi Turli bosmalar bandini tanlang.

  4. Shaxsiy shakllar > Pochta qog'ozini tanlang.

  5. Yozuv qog‘ozi turini tanlang.

  6. Fonni tanlang.

    Yozuv qog‘ozining turiga qarab opsiyalar faqlanadi.

  7. O‘zingiz 6-bosqichda tanlagan orqa fonga ko‘ra quyidagilardan birii bajaring.

    Orqa fon turiga qarab opsiyalar farqlanadi.

    • Dizayn
      Chegaralar yoki polka no‘qtalari, yoki Asl dizayn kabi namunani tanlang, va keyin qog‘ozni bezaklash funksiyasidan foydalanib yaratgan namunangizni tanlang.
    • Rasm
      Rasmlarni yuklash yakunlangani haqidagi xabar ko‘rsatilgandan so‘ng OK tugmasini tanlang. ni tanlang, rasmni tanlash ekranida chop qilmoqchi bo‘lgan rasmni tanlang va so‘ngra Tayyor ni tanlang. Keyingisi-ni tanlang.
    • Rang
      Orqa fon rangini tanlang.
    • Fonsiz
      Keyingi qadamga o‘ting.
  8. Qog‘oz sozlamalarni o‘rnating.

  9. Chop qilinadigan nusxalar sonini kiriting va so‘ngra bandiga tegining.