Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Asosiy sozlamalar
Asosiy sozlamalar
Tovush
Ovoz balandligini sozlang.
LCD yorqinligi
LCD ekran yorqinligini sozlang.
Avtomatik yoqish
USB ulanish yoki tarmoq ulanishi orqali printer chop qilish yoki skanerlash buyrug‘ini olganda u avtomatik tarzda yonishi uchun Yoniq bandini tanlang. U kutish rejimidagi elektr sarfini printer to‘la o‘chirilgandan ko‘ra ko'paytiradi.
Chop qilish yoki skanerlash ishi tugagandan so‘ng yoki biror ish bajarmasdan belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng printer avtomatik tarzda o‘chishi uchun Printerni o'chirish taymeri sozlamasidan foydalaning. Internet orqali chop qilish orqali uzoq masofadan turib ishlaganda bu funksiya qo‘l keladi.
Printerni o'chirish taymeri
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki O'chirish sozlam. funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Quvvatlarni boshqarish qo‘llanilishidan avval vaqtni sozlashingiz mumkin. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
O'chirish sozlam.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki Printerni o'chirish taymeri funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Nofaol bo‘lsa, o‘chirish
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Ajratilgan bo'lsa, quvvatni o'chirish
Barcha portlar, jumladan, USB porti bilan aloqa uzilgach, belgilangan vaqtdan keyin printer o‘chishi uchun ushbu sozlamani tanlang. Mintaqangizga qarab, bu xususiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Belgilangan vaqtni koʻrish uchun quyidagi veb-saytga raqang.
Printer hech qanday vazifani bajarmayotganida uyqu rejimiga (energiyani tejash rejimiga) kirish uchun vaqt oralig‘ini sozlang. O‘rnatilgan vaqt o‘tishi bilan LCD ekran qora rangga kiradi.
Til/Language
LCD ekranida ishlatiladigan tilni tanlang.
Fon rangi
LCD ekran fon rangini o‘zgartirish.
Chiqarish lotogi LED Ravshanlik
Chop qilish davomida chiqarish lotogi LED chirog‘i yorqinligini sozlang. Chop qilish davomida chiqarish lotogi LED chirog‘ini o‘chirib qo‘yish uchun O‘chirish bandini tanlang.
Barcha soz-ni tozalash
Asosiy sozlamalar bandi parametrlarni standart qiymatlariga qaytaradi.