Siz shundaygina Android telefon yoki planshetingizdagi (Android v 4.4 yoki keyingi versiyalari) hujjatlar, elektron xatlar, fotosuratlar va veb-sahifalaringizni simsiz chop qilishingiz mumkin. Bir necha teginishlardan so‘ng Android qurilmangiz ayni simsiz tarmoqqa ulangan Epson printerni topadi.
Ishlashi qurilmaga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.
Printerga qog‘oz soling.
Printeringizni simsiz chop qilish uchun sozlang.
Android qurilmangizda Google Play-dan Epson Print Enablerni plug-in dasturini o‘rnating.
Android qurilmangizni printeringiz ulangan ayni simsiz tarmoqqa ulang.
Android qurilmangizdagi Sozlamalar-ga o‘tib, Chop qilish-ni tanlang, va keyin Epson Print Enablerni yoqing.
Android qurilmangizdan Chrome kabi ilovada menyu piktogrammasini bosing va ekrandagi narsani chop qiling.
Agar printeringiz ko‘rinmayotgan bo‘lsa, Barcha printerlar bandiga bosib, printeringizni tanlang.