Tasvir aniqligi har bir dyuym (25,4 mm) uchun piksellar (tasvirdagi eng kichik soha) sonini ko‘rsatadi va u dpi (dyuymga to‘g‘ri keluvchi nuqtalar) da o‘lchanadi. Tasvir aniqligini oshirishning afzalligi shundan iboratki, tasvir tafsilotlari aniqroq bo‘lib boradi. Biroq u quyidagi kamchiliklarga ham egadir.
Fayl hajmi kattalashib boradi
(Tasvir aniqligini ikki marta oshirsangiz, fayl hajmi taxminan to‘rt marta ortadi.)
Tasvirni skanerlash, saqlash va o‘qish uzoq vaqtni oladi
Tasvir ekranga moslashtirish yoki printerda chop qilish uchun juda kattalik qiladi
Jadvalga qarang va skanerlangan tasviringizdan ko‘zlangan maqsad uchun mos tasvir aniqligini o‘rnating.
|
Maqsad |
Tasvir aniqligi (Ma’lumotnoma) |
|---|---|
|
Kompyuterda ko‘rsatish Elektron xat orqali yuborish |
200 dpi gacha |
|
Printerdan foydalanib chop qilish |
200 dpi dan 300 dpi gacha |