> Printerga texnik xizmat ko‘rsatish > Chop qilish sifatini yaxshilash > Siyohni kuchli oqizish bandini ishga tushirish

Siyohni kuchli oqizish bandini ishga tushirish

Siyohni kuchli oqizish yordamchi dasturi siyoh trubkalari ichidagi barcha siyohni almashtirishga imkon beradi. Quyidagi vaziyatlarda chop qilish sifatini yaxshilash uchun quyidagi funksiyadan foydalanishga zarurat tug‘ilishi mumkin.

  • Siyoh sathi siyohdon oynasidan ko‘rinmaydigan darajada juda past bo‘lganda siz chop qildingiz yoki kallakni tozaladingiz.

  • Siz 3 marta uchliklarni tekshirdingiz va kallakni tozaladingiz yoki Kuchli tozalash funksiyasini bir marta ishga tushirdingiz va keyin chop qilmasdan kamida 12 soat kutdingiz, lekin bosma sifatida baribir yaxshilanmadi.

Bu funksiyani ishga tushirishdan avval quyidagi ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.

Muhim:

Siyoh idishida yetarlicha siyoh borligiga ishonch hosil qiling.

Siyohdonning kamida uchdan bir qismi to‘liq bo‘lishini ko‘zdan kechirib tekshiring. Siyohni kuchli oqizish paytida siyoh darajasi past bo‘lsa, bu mahsulotga zarar yetkazishi mumkin.

Muhim:

Siyohni kuchli oqizish amallari orasi 12 soat bo‘lishi talab qilinadi.

Odatda bitta Siyohni kuchli oqizish jarayoni 12 soat davomida chop qilish masalasini bartaraf qilishi zarur. Shu sababli, siyohning behuda sarflanishining oldini olish uchun siz uni sinab ko‘rishdan avval, 12 soat kutishingiz kerak bo‘ladi.

Muhim:

Texnik xizmat qutisini almashtirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Siyoh texnik xizmat qutisiga solinadi.Agar u to‘lib qolsa, chop qilishni davom ettirish uchun siz texnik xizmat qutisini tayyorlashingiz va o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi.

Eslatma:

Agar siyoh darajasi yoki texnik xizmat qutisidagi bo‘sh joy Siyohni kuchli oqizish uchun yetarli bo‘lmasa, siz bu funksiyani ishga tushira olmaysiz. Hatto shu holatda ham, chop qilish uchun darajalar va bo‘sh joy qolishi mumkin.