Bosh ekranni sozlash

Nusxalash menyusi ekrani sukut bo‘yicha boshlash ekrani sifatida o‘rnatilgan va u printerni yoqqaningizda yoki printer uyqu rejimidan qaytganidan ko‘rsatiladi. Quyidagi bosh ekranni ko‘rsatish uchun boshqaruv panelida ni tanlang.

Eslatma:

Agar siz boshlash ekrani sifatida boshqa ekranni o‘rnatishni xohlasangiz, boshqaruv panelida ni tanlash va keyin quyida bayon qilingani kabi menyularni tanlash orqali sozlamani o‘zgartiring.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Asosiy sozlamalar > Boshlang‘ich ekran

Chiqarish lotogi qo‘yiladi.

Tarmoq ulanishi holatini ko‘rsatadi. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang.

Tarmoq belgisi bo‘yicha yo‘riqnoma

Qurilma ovozi sozlamalari ekranini koʻrsatadi. Ovozsiz qilish va Sokin rejimni qo‘yish mumkin. Bu ekrandan Tovush menyusiga ham kirish mumkin. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Asosiy sozlamalar > Tovush

Printerda Sokin rejim qo‘yilgan-qo‘yilmaganini ko‘rsatadi. Bu xususiyat yoqilsa, printer ishlashidagi shovqin kamayadi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Ammo tanlangan qog‘oz turi va bosma sifatiga bog‘liq ravishda shovqin kamaymasligi mumkin.

Printerda Ovozsiz qilish qo‘yilganini ko‘rsatadi.

Dastlabki o'rnatma ga ro‘yxatga olingan sozlamalar ro‘yxatini ko‘rsatadi.

Yangi sevimli sozlamalarni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz ham mumkin.

Foydalanuvchini cheklash xususiyati yoqilganini ko‘rsatadi. Printerga kirish uchun shu tasvirchani tanlang. Foydalanuvchi nomini tanlab, parol kiritish kerak bo‘ladi. Kirish ma’lumoti uchun printer ma’muriga murojaat qiling.

ko‘rsatilganda, kirish huquqiga ega foydalanuvchi tizimga kirdi. Chiqish uchun belgini tanlang.

Har bir menyuni namoyish qiladi.

  • Nusxalash

    Hujjatlar nusxasini olishga imkon beradi.

  • Skaner

    Hujjatlarni skanerlash va ularni kompyuterga saqlashga imkon beradi.

  • Maxfiy vazifa

    Printer drayveridan yuborilgan parol bilan himoyalangan ishni chop etishga imkon beradi.

  • Qarov

    Chop qilingan materiallar sifatini yaxshilash, jumladan uchlikni tekshirish namunasini chop qilish va kallakni tozalashni bajarish orqali tiqilib qolgan uchliklarni tozalash va chop qilish kallagini tenglashtirish orqali chop qilingan materiallarning chaplanishi yoki polosalarni yo‘qotish uchun tavsiya qilingan menyularni ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

    Sozlamalar > Qarov

  • Sozlamalar

    Texnik xizmat ko‘rsatish, printerni o‘rnatish va ishlarni bajarish bilan bog‘liq sozlamalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Ekranni o‘ngga siljitadi.

Uyqu rejimiga kirish uchun tasvirchani tanlang. Tasvircha so‘ngan bo‘lsa, printer uyqu rejimiga kira olmaydi.