Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Administrator tomonidan qulflab qo‘yilgan sozlamalarni o‘zgartira olmaysiz.
Ovoz balandligini sozlang.
Ovozsiz qilish
Barcha ovozlarni o‘chirib qo‘yish uchun Yoq bandini tanlang.
Normal rejim
Tugmani bosish kabi ovoz balandligini tanlang.
Sokin rejim
Sokin rejim dagi Tugmani bosish ovoz balandligini tanlang.
Printer hech qanday vazifani bajarmayotganida uyqu rejimiga (energiyani tejash rejimiga) kirish uchun vaqt oralig‘ini sozlang. O‘rnatilgan vaqt o‘tishi bilan LCD ekran qora rangga kiradi.
Sensorli panelga teginish orqali kutish rejimidan (quvvat tejash rejimidan) chiqish uchun Yoniq bandini tanlang. Bu yoqilmasa, printerni kutish rejimidan chiqarish uchun boshqaruv panelidagi tugmadan foydalanasiz. Bu funksiyani faolsizlantirish begona obyektlarning ekranga tegishi natijasidagi tasodifiy amallarning oldi olinadi. Bu funksiya yoniqligida vaqt oraligʻini ham belgilashingiz mumkin.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki O'chirish sozlam. funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Quvvatlarni boshqarish qo‘llanilishidan avval vaqtni sozlashingiz mumkin. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki O'chirish taymeri funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Nofaol bo‘lsa, o‘chirish
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Ajratilgan bo'lsa, quvvatni o'chirish
Barcha portlar, jumladan, USB porti bilan aloqa uzilgach, belgilangan vaqtdan keyin printer o‘chishi uchun ushbu sozlamani tanlang. Mintaqangizga qarab, bu xususiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Belgilangan vaqtni koʻrish uchun quyidagi veb-saytga raqang.
Sana/Vaqt
Joriy vaqt va sanani o'rnating.
Yozgi vaqt
Hududingizda qo'llaniladigan yozgi vaqt parametrini tanlang.
Vaqtdagi farq
Hududingizdagi mahalliy vaqt bilan UTC (Coordinated Universal Time) o'rtasidagi vaqt farqini kiriting.
Printer yoqilganida va Amalni bajarish vaqti tugab qoldi yoqib qo‘yilganida LCD ekranida ko‘rsatiladigan ilk menyuni belgilang.
Muayyan vaqt davomida hech qanday amal bajarilmasa, ilk ekranga qaytish uchun Yoq qilib qo‘ying. Foydalanuvchi cheklovi qo‘llangan bo‘lsa va muayyan vaqt davomida hech qanday amal bajarilmasa, siz tizimdan chiqarilasiz va ilk ekranga qaytasiz.
ADF va skaner shishasi qog‘oz o‘lchamini avtomatik tarzda aniqlaydigan sensorlar bilan jihozlangan. Biroq sensorlarning xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘xshash o‘lchamlar aniqlab olinmasligi va asosan Xitoyda foydalaniluvchi K o‘lchamli qog‘oz printerning dastlabki holatida to‘g‘ri tanib olinmasligi mumkin. Agar siz K o‘lchamli qog‘ozdan tez-tez foydalansangiz, K oʻlcham ustuvorligi bandni tanlang. Taxminiy o‘lchamning o‘rniga asl nusxa o‘lchami K o‘lcham sifatida tanib olinadi. Qog‘oz o‘lchami va oriyentatsiyasiga bog‘liq ravishda u boshqa taxminiy o‘lcham sifatida aniqlanishi mumkin. Yana siz foydalanayotgan funksiyaga bog‘liq ravishda K o‘lcham avtomatik tarzda aniqlanmasligi mumkin. Masalan, ilovadan foydalanib kompyuterga skanerlaganda va saqlaganda K o‘lchamning avtomatik tarzda aniqlanishi yoki yo‘qligi dasturning ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.