O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Ishlatiladigan qog‘oz manbasini tanlang. Avtomatik tanlansa, avtomatik aniqlangan originalning o‘lchami va begilangan kattartirish nisbatiga qarab, mos keladigan o‘lcham avtomatik ravishda uzatiladi.
Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.
Avtomatik
Asl oʻlchamni qog‘oz o‘lchami kattaligiga avtomatik kattalashtirish yoki kichiklashtirish. Masalan, agar asl oʻlchamni A6 qilib sozlasangiz va qogʻoz oʻlchamini A4 qilib sozlasangiz, kattalashtirish avtomatik 200% qilib sozlanadi.
Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan (
) boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

Sig‘dirish
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Miqyos qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Miqyos qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Haqiqiy o‘lchami
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
A3→A4 va boshqalar
Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Originalning o‘lchamini tanlang. Avtomatik aniqlash tanlansa, originalning o‘lchami avtomatik ravishda aniqlanadi. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
4 ta
4 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Originalning turini tanlang. Original turiga mos kelishi uchun optimal sifatda nusxa ko‘chiradi.
Bir nechta originalning bir nechta nusxasini qanday chiqarishni tanlang.
Guruhlash (bir xil sahifalar)
Originallarni guruh sifatida sahifalar bo‘yicha nusxalaydi.

Taxlash (sahifa tartibi)
Originallarni o‘z tartibida taxlab, to‘plamlarga to‘plagan holda nusxa ko‘chiradi.

ADFga bir vaqtning o‘zida quyidagi o‘lchamlarni birga qo‘yish mumkin. A3 va A4; B4 va B5. Bu kombinatsiyalarni ishlatishda originallar o‘z o‘lchamida nusxalanadi. Originallarni quyida ko‘rsatilgan tarzda eni bo‘yicha tenglashtirib joylashtiring.

Broshyuraning ikkita yuz sahifasini alohida varaqqa nusxa ko‘chiradi.
Broshyuraning qaysi sahifasini skanerlashni tanlang.
Tasvir sozlamalarini rostlash.
Kontrast
Yorqin va qoramtir qismlarining farqini rostlash.
O‘tkirlik
Tasvirning konturini rostlash.
Fonni olish
Fon rangining zichligini rostlash. Yorqinlatish (oq) uchun + belgisini bosing, qoraytirish (qora) uchun - belgisini bosing.
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Miqyos qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Miqyos qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.