Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Printerni sozlash
Printerni sozlash
Manba sozlamalari
Qog‘oz
Qogʻoz manbasiga yuklangan qogʻozning oʻlchamini va turini tanlang.
A4/Letter avto-alm.sh
Letter sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida A4 o‘lchamdagi qog‘oz manbasidan qog‘oz uzatishi yoki A4 sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida Letter o‘lchamidagi qog‘oz manbasidan uzatishi uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Xatolik xabari
O‘lcham eslatmasi
Tanlangan qog‘oz o‘lchami yoki turi solingan qog‘ozga mos kelmaganida xato xabarini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Qog'oz turi eslatmasi
Tanlangan qog‘oz turi solingan qog‘ozga mos kelmaganida xato xabarini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Qog‘oz sozlash Avto
Qog‘oz manbasini qog‘oz solayotganda Qog‘oz bandini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying. Agar bu xususiyatni o‘chirib qo‘ysangiz, AirPrint yordamida iPhone, iPad yoki iPod touch orqali chop eta olmaysiz.
Sokin rejim
Chop etish paytida shovqinni kamaytirish uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Siz tanlagan qog‘oz turi va chop qilish sifati parametrlariga bog‘liq ravishda printerning shovqin darajasida farq bo‘lmasligi mumkin. Ishlash shovqinini kamaytirishga ustuvorlik berish uchun Yoniq bandini bosing. Chop etish tezligiga ustuvorlik berish uchun Yoniq (Quyi daraja) bandini bosing.
Avtomatik yoqish
USB ulanish yoki tarmoq ulanishi orqali printer chop qilish yoki skanerlash buyrug‘ini olganda u avtomatik tarzda yonishi uchun Avtomatik yoqish bandini tanlang. Bosmalar tushib ketishining oldini olish uchun chiqarish lotogini tortib chiqaring.
Avtomatik yoqish funksiyasi yoqilsa, printer to‘la o‘chirilgandan ko‘ra sal ko‘p elektr energiyasini sarf qiladi. Quvvatni oʻchirishga ham uzoqroq vaqt ketadi. Bu funksiyadan foydalanayotganda quvvat kabelini ulangan holatda qoldiring. Agar quvvat kabelini uzsangiz, quvvat chirog‘i oʻchiqligini tekshiring.
Chop qilish yoki skanerlash ishi tugagandan so‘ng yoki biror ish bajarmasdan belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng printer avtomatik tarzda o‘chishi uchun O'chirish taymeri sozlamasidan foydalaning. Internet orqali chop qilish orqali uzoq masofadan turib ishlaganda bu funksiya qo‘l keladi.
O'chirish sozlam.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki O'chirish taymeri funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo'shilmagan bo'lsa, quvvatni o'chirish
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Ajratilgan bo'lsa, quvvatni o'chirish
Barcha portlar, jumladan, USB porti bilan aloqa uzilgach, belgilangan vaqtdan keyin printer o‘chishi uchun ushbu sozlamani tanlang. Mintaqangizga qarab, bu xususiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Belgilangan vaqtni koʻrish uchun quyidagi veb-saytga raqang.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki O'chirish sozlam. funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Quvvatlarni boshqarish qo‘llanilishidan avval vaqtni sozlashingiz mumkin. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Til/Language
LCD ekranida ishlatiladigan tilni tanlang.
Klaviatura
LCD ekrandagi klaviatura sxemasini o‘zgartirish.
Uyqu taymeri
Printer hech qanday vazifani bajarmayotganida uyqu rejimiga (energiyani tejash rejimiga) kirish uchun vaqt oralig‘ini sozlang. O‘rnatilgan vaqt o‘tishi bilan LCD ekran qora rangga kiradi.
USB orqali kompyuterga ulanish
USB orqali ulanganda kompyuter printerga kirishiga ruxsat berish uchun Yoqish qilib qo‘ying. O'chirib qo'yish tanlansa, tarmoq orqali yuborilmagan chop etish yoki skanerlash vazifasi bajarilmaydi.