Bu sozlamalarni bosh ekrandagi Nusxalash > Ko‘proq rukni orqali bajarish mumkin.
Nusxalash uchun Ko‘proq menyu parametrlari
Nusxalar soni
Nusxalar sonini kiriting.
ID karta nusxa
ID kartaning har ikkala tarafini skanerlaydi va qog‘ozning bir tomoniga nusxa ko‘chiradi.
Sozlamalar
Printer sozlamalari ekrani ochiladi. Sozlamalarni almashtirish uchun tugmasini bosing.
Zichlik
Nusxasi xira chiqsa, zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, zichlik darajasini kamaytiring.
Qog‘oz
Solingan qog‘oz o‘lchami va turini tanlang.
Kichraytir/kattartir
Kattalashtirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Siz chop qilmoqchi boʻlgan qogʻoz va asl nusxaga qarab menyudan kattalashtirishni tanlang.
Avto sig'dir :
Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Boshqa o'lcham
Asl nusxani 25% dan 400% gacha bo‘lgan diapzonda kichiklashtirish yoki kattalashtirishda foydalaniladigan o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatadi.
Original o‘lchami
Originalning o‘lchamini tanlang. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.
Ko‘p
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Sifat
Nusxa olish uchun sifatni tanlang. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.