> Muammolarni hal qilish > Xatolik kodi LCD ekranda namoyish qilinadi

Xatolik kodi LCD ekranda namoyish qilinadi

Agar birorta xatolik yoki sizning e’tibor berishingizni talab qiluvchi ma’lumot mavjud bo‘lsa, LCD ekranda kod namoyish qilinadi. Agar kon namoyish qilinsa, muammoni hal qilish uchun quyidagi yechimlarga amal qiling.

Kod

Holat

Yechimlar

E-01

Printer xatosi yuz berdi.

Ichki qopqoq va skaner blogini oching va keyin printer ichidagi har qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Printerni o‘chirib yoqing.

E-02

Skaner xatosi yuz berdi.

Printerni o‘chirib yoqing.

E-13

Siyoh yostiqchasi xizmat muddati oxiriga yetdi. Epson yordam xizmatiga murojaat qiling.

Siyoh yoqtiqchasini* almashtirish kerak. Siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Agar siyoh yostiqchasi xizmat muddati oxiriga yetsa, ortiq tozalashni amalga oshira olmaysiz. Chop etish mumkin, lekin bosma sifatiga kafolat berilmaydi.

W-01

Qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berdi.

Xatoni bartaraf qilish uchun printerdan qog‘ozni olib qo‘ying va LCD ekranning quyi qismida namoyish qilingan tugmani bosing. Ayrim hollarda qurilmani o‘chirib yoqishga to‘g‘ri keladi.

W-15

Siyoh yostiqchasi xizmat muddati oxiriga yaqinlashmoqda. Epson yordam xizmatiga murojaat qiling.

Siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Xatolikni tozalash uchun kompyuterda chiqqan xabarni tekshiring va keyin LCD ekran quyi qismida chiqqan tugmani bosing.

Agar siyoh yostiqchasi xizmat muddati oxiriga yetsa, ortiq tozalashni amalga oshira olmaysiz. Chop etish mumkin, lekin bosma sifatiga kafolat berilmaydi.

I-22

Tugmali (WPS)-da Wi-Fi ni o‘rnating.

Kirish nuqtasi tugmasini bosing. Agar kirish nuqtasida hech qanday tugma bo‘lmasa, kirish nuqtasini o‘rnatish oynasini oching va keyin dasturiy ta’minotda namoyish qilingan tugmani bosing.

I-23

PIN-kod (WPS)-da Wi-Fi ni o‘rnating.

LCD ekranda namoyish qilingan PIN kodni ikki daqiqa ichida kirish nuqtasi yoki kompyuterga kiriting.

I-31

Wi-Fi avto ulanish-da Wi-Fi ni o‘rnating.

Dasturiy ta’minotni kompyuterga o‘rnating va keyin Wi-Fi ni o‘rnatish boshlanganda OK tugmasini bosing.

I-41

Qog‘oz sozlash Avto o‘chirib qo‘yiladi. Ayrim funksiyalardan foydalanib bo‘lmaydi.

Agar Qog‘oz sozlash Avto o‘chirilgan bo‘lsa, AirPrint-dan foydalanib bo‘lmaydi.

I-60

Kompyuteringiz WSD (Qurilmalar uchun Veb xizmatlari) ni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin.

Kompyuterga (WSD) skanerlash xususiyatidan faqat Windows 10, Windows 8.1, Windows 8, Windows 7 yoki Windows Vista ning ingliz tilidagi versiyalari ishlayotgan kompyuterlarda foydalanish mumkin. Printerning kompyuterga to‘g‘ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

I-71

Printer skaner oynasidagi asl nusxa almashtirilishini kutmoqda.

Asl nusxani (ID karta) skaner oynasiga old tomonini pastga qaratib joylang va keyin hujjat qopqog‘ini yoping. Skanerlashni boshlash uchun tugmasini bosing.

Asl nusxani (ID karta) skaner oynasiga orqa tomonini pastga qaratib joylang va keyin hujjat qopqog‘ini yoping. Nusxalashni boshlash uchun tugmasini bosing.

-

Quv-tni o'-ng va q-ta y-ng. A-r mu-o saq-sa, Epson yordam xizmati b-n bo-ng.

Quyidagi yechimlarni sinang.

1. Printerni o‘chirib yoqing.

2. Agar Wi-Fi aloqasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, simsiz routerni oʻchirib yoqing.

Agar xatolik xabari shunda ham aks etsa, xatolik kodini yozib oling va keyin Epson qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Recovery Mode

Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi.

Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.)

2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring.

* Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Bu siyoh yostiqchasi texnik xizmat koʻrsatish qutisidan foydalanish bilan birga printerdan foydalanganda chiqariladigan chiqindi siyohni soʻrib oladi. Yostiqcha xizmat muddati oxiriga yetganida yostiqchani almashtirmaguncha tozalashni bajarish imkonsiz. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.