> Nusxa ko'chirish > Asl nusxalardan nusxa olish > Nusxalash uchun menyu opsiyalari

Nusxalash uchun menyu opsiyalari

Mavjud elementlar siz tanlagan menyuga bog‘liq ravishda farq qiladi.

ID karta nusxa:

ID kartaning har ikkala tarafini skanerlaydi va qog‘ozning bir tomoniga nusxa ko‘chiradi.

Zichlik:

Nusxasi xira chiqsa, zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, zichlik darajasini kamaytiring.

Qog‘oz:

Solingan qog‘oz o‘lchami va turini tanlang.

Kichraytir/kattartir:

Asl nusxalarni kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.

  • Asl o'chami

    100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.

  • Avto sig'dir

    Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

  • Noodatiy

    Asl nusxani kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatgani tanlang.

Boshqa o'lcham:

Asl nusxani 25% dan 400% gacha bo‘lgan diapzonda kichiklashtirish yoki kattalashtirishda foydalaniladigan o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatadi.

Original o‘lchami:

Originalning o‘lchamini tanlang. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.

Ko‘p:
  • Bitta

    Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.

  • 2 ta

    2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi.

Sifat:

Nusxa olish uchun sifatni tanlang. Eng zo'r-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.