2 tomonlama chop qilish

Printer drayveri toq va judt raqamlarni avtomatik ravishda alohida chop qiladi. Toq sahifalar chop qilib bo‘linganida qog‘ozni ko‘rsatmalarga ko‘ra ag‘daring va juft sahifalarni chop qiling.

Eslatma:
  • Agar siz 2 tomonlama chop qilishga mos bo‘lmagan qog‘ozdan foyadlansangiz, chop qilish sifati pasayishi va qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berishi mumkin.

    2 tomonlama chop qilish uchun qog‘oz

  • Qog‘oz va ma’lumotlarga bog‘liq ravishda siyoh qog‘ozning boshqa tomonidan oqib ketishi mumkin.

  • Agar EPSON Status Monitor 3 o‘chirilgan bo‘lsa, printer drayveri oynasiga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat -ni cherting va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.

  • Biroq, printerga tarmoqdan kirilganda yoki printerdan ulashib foydalanilganda bu chop qilishdan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.

  1. Printerga qog‘oz soling.

    Qog‘oz Kassetasiga qog‘oz solish

  2. O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan faylni oching.

  3. Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang.

  4. Printerni tanlang.

  5. Printer drayveri oynasiga kirish uchun Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni tanlang.

  6. Printer drayverining Asosiy bandida 2 tomonlama chop qilish bandi parametrlarini tanlang.

  7. Settings-ni cherting, mos parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

  8. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

    Asosiy Paneli

    Ko‘proq tanlamalar Paneli

  9. Chop qilish-ni cherting.

    Birinchi tomonni chop qilish yakunlanganda kompyuterda suzuvchi oyna namoyish qilinadi. Ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.