Bosh ekranda Qarov-ni tanlang.
Elementni tanlash uchun
tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.
Siyoh quyish-ni tanlang.
Siyoh idishini to‘ldirish holatiga siljitish uchun
tugmasini bosing.
Siyoh to‘ldirish bo‘yicha barcha xavfsizlik va foydalanish ehtiyot choralarini o‘qib chiqish uchun
tugmasini bosing va keyin davom ettirish uchun OK tugmasini bosing.
Hujjat qopqog‘i yopilgan holda skaner qurilmasi qopqog‘ini oching.

Siyoh idishi qalpoqchasini oching.

Siyoh butilkasini tik tutgan holda, u qopqoqchani chiqarish uchun sekin burang.

Epson haqiqiy Epson siyoh butilkalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.
Siyohni sachratib yubormaslik uchun ehtiyot bo'ling.
Qopqoqni olgandan so‘ng siyohdonning yuqori qismiga qo‘l tekkizmang, aks holda sizga siyoh chaplanib ketishi mumkin.

Siyoh idishidagi yuqori chiziqni (a) tekshiring.

Siyoh butilkasining yuroqi qismini to‘ldirish porti bilan tenglashtiring va keyin yuqori chiziqqacha siyoh to‘ldirish uchun uni portga to‘g‘ri kiriting.
Siyoh quyila boshlanadi va siyoh yuqori chiziqqacha yetganida oqish avtomatik tarzda to‘xtaydi.
Agar siyoh siyohdonning ichiga tushishni boshlamasa, siyoh butilkasini joyidan oling va uni qayta qo‘ying. Biroq siyoh yuqori chiziqqa yetganida siyoh butilkasini qayta joylashtirmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.

Qopqoqni olgandan so‘ng siyohdonning yuqori qismi biror buyumga urilishiga yo‘l qo‘ymang, aks holda siyoh to‘kilib ketishi mumkin.
Siyoh to‘ldirishni yakunlaganingizda siyoh butilkasini chiqarib oling.
Siyoh butilkasini qo‘yilgan holda qoldirmang, aks holda butilkaga shikast yetishi yoki siyoh to‘kilishi mumkin.
Agar siyoh butilkasida ma’lum miqdorda siyoh qoladigan bo‘lsa, uning qopqog‘ini mahkam qilib yoping va keyin foydalanish uchun butilkani tik holda saqlang.

Siyoh idishi qalpoqchasini yoping.

tugmasini bosing, keyin siyoh darajasini o‘rnatish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Hattoki siyoh idishidagi yuqori chiziqqacha siyoh to‘ldirmasangiz ham printerdan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin. Printeringiz eng yaxshi darajada ishlashi uchun siyoh idishlarini yuqori chiziqqacha to‘ldiring va keyin darhol siyoh darajalarini qayta o‘rnating.
Skaner qurilmasini yoping.