Ping buyrug‘idan foydalangan holda ulanishni tekshirish — Mac OS

Kompyuterning printerga ulanganligini tekshirish uchun Ping buyrug'idan foydalanishingiz mumkin. Ping buyrug'idan foydalanib ulanishni tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaring.

  1. O‘zingiz tekshirmoqchi bo‘lgan ulanish uchun printerning IP-manzilini tekshiring.

    Siz buni printerning boshqaruv panelidagi Tarmoq holati ekranidan, ulanish hisobotidan yoki tarmoq holati varag'ining IP Address ustunidan tekshirishingiz mumkin.

  2. Tarmoq utilitasini ishga tushiring.

    Spotlight-da "Tarmoq utilitasi"-ni kiriting.

  3. Ping paneliga cherting, o'zingiz 1-qadamda tekshirgan IP-manzilni kiriting va keyin Ping-ni cherting.

  4. Aloqa holatini tekshiring.

    Agar printer bilan kompyuter aloqa qilayotgan bo‘lsa, quyidagi xabar namoyish qilinadi.

    Agar printer bilan kompyuter aloqa qilmayotgan bo‘lsa, quyidagi xabar namoyish qilinadi.