Epson Scan 2 dan foydalanib tarmoq orqali skanerlash

Tarmoqdagi printerlardan foydalanish uchun kompyuteringizda skanerning drayverini (Epson Scan 2) o'rnatishingiz kerak.

  1. Epson Scan 2 ni o'rnating.

    Quyidagi veb-saytdan dasturiy ta'minotni yuklab oling, so'ngra o'rnating.

    http://epson.sn > Qo'shimcha dasturiy ta'minot

  2. Epson Scan 2 ni ishga tushiring.

    • Windows 10
      Boshlash tugmasini bosing, so'ngra Hamma ilovalar > EPSON > Epson Scan 2 > Epson Scan 2 ni tanlang.
    • Windows 8.1/Windows 8
      Qidirsh maydonida ilova nomini kiriting, so'ngra aks etgan tasvirchani tanlang.
    • Windows 7/Windows Vista/Windows XP
      Boshlash tugmasini bosing, so'ngra Hamma dasturlar yoki Dasturlar > EPSON > Epson Scan 2 > Epson Scan 2 ni tanlang.
    • Mac OS X
      O'tish > Ilova > Epson Software > Epson Scan 2 ni bosing.

    Skaner sozlamalari ekrani Epson Scan 2 ni birinchi marta ishga tushirganingizda aks etadi. Agar Epson Scan 2 ekrani aks etsa, Sozlamalar ni Skaner dan tanlang.

  3. Agar Qo'shish va O'chirish o'chirib qo'yilgan bo'lsa, Tahrirlashni yoqish ni bosing, so'ngra Foydalanuvchi hisob qaydnomasining boshqaruv oynasida o'zgartirishlarga ruxsat berib qo'ying.

    Eslatma:

    Holat va amalar operatsion tizimi va tizimga kirgan foydalanuvchining vakolatiga qarab farqlanishi mumkin. Mac OS X, tizimida agar kalit tasvirchasiga bossangiz va ma'mur foydalanuvchi nomi hamda parolini kiritsangiz tahrirlay olishingiz mumkin.

  4. Qo'shish ni bosing.

    Tarmoq skanerini qo'shish ekrani aks etadi.

    Eslatma:

    Mac OS X uchun + belgisini bosing.

  5. Modeli dan foydalanmoqchi bo'lgan printerni tanlang.

  6. Nomi da printerning ro'yxatdan o'tish nomini kiriting.

  7. Printerning IP manzilini kiriting, so'ngra Qo'shish ni bosing.

    Muhim:

    Siz turli tarmoq segmentlarida marshrutizator orqali printerni qidira olmaysiz. IP manzilini to'g'ridan to'g'ri kiritish uchun Manzilni kiriting ni tanlang.

  8. OK tugmasini Skaner sozlamalari ekranida bosing.

    Epson Scan 2 ekrani aks etadi va siz skanerlashni sinashingiz mumkin.