Kompyuterdan turib internetga ulana olmayotgan bo'lsangiz, echimlar

Quyidagi yechimlarni sinab ko'ring.

  • Kirish nuqtasini qaytadan ishga tushiring (tarmoqdan foydalanayotgan bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa foydalanuvchilarni hisobga oling).

  • Uning to'g'ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish uchun kirish nuqtasining holatini tekshiring. Batafsil ma'lumotlar olish uchun kirish nuqtasi bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  • Agar kompyuter kirish nuqtasidan signallarni qabul qila olmasa, ularni bir-birlariga yaqin keltiring. Agar halaqitlar sodir bo'lsa, ularni elektromagnit to'lqinlar yoki radioto'lqinlar chiqaruvchi jihozlardan uzoqlashtiring.

  • Xaddan tashqari ko'p qurilmalardan ulanishlarni qabul qilayotgan tarmoqqa ulana olmasligingiz mumkin. Foydalanilmayotgan qurilmalarni o'chirish orqali tarmoqqa ulangan qurilmalar sonini kamaytiring.

  • Agar IP-manzillar kelishmovchiligi yuz bersa, tarmoq ulanishi beqaror bo'lishi yoki tarmoqqa ulanib bo'lmasligi mumkin. Har bir tarmoq qurilmasiga alohida IP-manzil tayinlang.

  • Agar bir nechta tarmoq adapterlari yoqilgan bo'lsa, tarmoqqa ulana olmaysiz. Foydalanilmayotgan tarmoq adapterlarini o'chiring.

  • Agar kompyuter bilan kirish nuqtasi o'rtasidagi simsiz kanallar mos kelmasa, ular bir-biriga ulana olmaydi.

  • Wi-Fi adapteriga ega bo'lgan kompyuterlarda mavjud simsiz kanallar cheklab qo'yilishi mumkin. Kompyuterning kirish nuqtasida o'rnatilgan simsiz kanalga egaligini tekshiring.

  • Kirish nuqtasi uchun SSID identifikatorini topa olmasangiz, SSID identifikatori yashiri qo'yish rejimiga o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Agar u yashiringan rejimga o'tkazilgan bo'lsa, SSID identifikatorini va parolni bevosita kompyuteringizdan kiriting.

  • Windows da tarmoq ko'prigi yaratilgan hollarda tarmoqqa ulana olmasligingiz mumkin. Tarmoq ko'prigini o'chiring.