Epson iPrint'dan foydalangan holda smart qurilmasidan ulash

Smart qurilmasini allaqachon Wi-Fi yoki Wi-Fi Direct (oddiy AP) tarmog'iga ulangan printer bilan ulang. Oldindan tarmoq sozlamalarini printeringiz uchun sozlang.

Eslatma:

Operatsion versiyasining tizimiga qarab ishlash jarayoni farqli bo'ladi. Ishlatish bo'yicha ko'rsatmalar olish uchun smart qurilmangiz bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

Printerning tarmoq sozlamalari uchun mahsulotingizning Foydalanuvchi qo‘llanmasi yoki Administrator qo‘llanmasi'ga (faqat ma'lum modellarda mavjud) qarang.

  1. Smart qurilmangiz ekranida Sozlamalardan Wi-Fi ga teging.

    • Android
    • iOS
  2. Wi-Fi ni yoqing.

    • Android
    • iOS
  3. Smart qurilmangizda printerniki bilan bir xil SSID ni tanlang va keyin parolni kiriting.

    Eslatma:
    • Siz printer ulangan SSID ni tarmoq holati hisobotini chop qilish orqali tekshirishingiz mumkin.

    • Agar parolni bilmasangiz, ma'lumot olish uchun quyidagini tekshiring.

      • Wi-Fi orqali ulash

        Marshrutizatorning (kirish nuqtasining) yorlig'ida yozilganligi yoki yo'qligini tekshiring. Agar siz marshrutizatordan (kirish nuqtasidan) uning sukut bo'yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo'lsangiz, yorliqda yozilgan paroldan foydalaning.

        Parol yana "Kalit", "O'tkazish iborasi" kabilar bilan ham atalishi mumkin.

      • Wi-Fi Direct (Oddiy AP) orqali ulash

        Uni printer boshqaruv panelida (faqat ma'lum modellardagina foydalanish mumkin) yoki tarmoq holati varag'ida tekshirishing.

  4. Ulanishni o'rnatgandan keyin smart qurilmadagi bosh ekrangan qarang.

  5. Smart qurilmangizda Epson iPrint ni ishga tushiring.

    Agar Epson iPrint o'rnatilmagan bo'lsa, uni quyidagi URL yoki QR koddan smart qurilmangizga o'rnating.

    http://ipr.to

  6. Ekranning tepa qismida Printer is not selected. yoki printer nomiga teging.

  7. Printer-ga teging.

  8. O'zingiz ulanmoqchi bo'lgan printer nomini tanlang.

    Ulanish muvaffaqiyatli bo'lganda qolgan siyoh/toner darajalari namoyish qilinadi.