Mac OS X dan foydalanib printerni qo'shish

Agar printeringiz allaqachon Printerlar va skanerlar (yoki Chop etish va skanerlash, Chop etish va faks) bo'limida aks ettirilgan bo'lsa, printeringizni tanlang va yo'q qilish uchun tugmasini bosing. Quyidagi ko'rsatmalarga muvofiq printer va faks drayverini (faks funksiyasi bor modellarda) qo'shing.

  1. Menyu > Tizim tanlanmalari > Printerlar va skanerlar (yoki Chop etish va skanerlash, Chop etish va faks) bo'limini tanlang.

  2. + tugmasini bosing.

  3. Printer yoki skaner qo'shishni tanlang.

  4. Ro'yxatdan Epson printeringizni tanlang.

  5. Printeringiz nomi bilan bo'lgan drayverni tanlang.

    To'g'risini tanlaganingizga ishonch hosil qilish uchun quyidagi jadvalni ko'ring.

    Ulanish usuli

    Prinetr drayveri

    Faks drayveri

    USB

    EPSON XXXXX

    FAX XXXXX (USB)

    Tarmoq

    EPSON XXXXX

    EPSON XXXXX -YYYYYY

    FAX EPSON XXXXX (IP)

    FAX EPSON XXXXX -YYYYYY (IP)

    FAX ZZZ.ZZZ.ZZZ.ZZZ (IP)

    * XXXXX = mahsulot nomi. YYYYYY = 6 raqamli MAC manzili. ZZZ.ZZZ.ZZZ.ZZZ = IP manzili.

  6. Qo'shish tugmasini bosing.

    Eslatma:

    Drayver(lar)ni qo'shganingizdan so'ng ulanish usulini o'zgartirmasangiz yoki boshqa mahsulotdan foydalanmasangiz ularni qayta qo'shib o'tirishingiz shart emas. Mahsulot yoqilganligiga va USB yoki tarmoq ulanishi orqali kompyuteringizga to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling. Faks drayverini qidirish uchun bir oz vaqt kerak bo'lishi mumkin. Ro'yxatda faks drayveri aks etishini kuting, so'ngra xuddi shu harakatni davom ettirib faksni ham qo'shing.