Qo'shimcha dasturiy ta'minotni o'rnatish — Windows

EPSON Software Updater qo'shimcha dasturiy ta'minotni o'rnatadi. U shuningdek, printerning ichiga o'rnatilgan dasturiy ta'minotni va tashqi o'rnatilgan dasturiy ta'minotni yangilashi mumkin.

Eslatma:

EPSON Software Updater o'rnatilmagan bo'lsa, quyidagi veb-saytga kiring.

http://epson.sn

Mahsulot nomini kiriting, Sozlash ga o'ting, so'ngra o'rnatuvchini yuklab olish uchun Yuklab olish ni bosing. O'rnatuvchini ishga tushirish uchun bir yoki ikki marta bosing. Agar Dasturiy ta'minot o'rnatishni tanlash ekrani aks etsa, Dasturiy ilovalarni o'rnatish tugmasini tanlang, so'ngra Keyingi ni bosing.

  1. EPSON Software Updater-ni ishga tushiring.

    • Windows 10
      Boshlash tugmasini bosing, so'ngra Hamma ilovalar > Epson Software > Epson Software Updater ni tanlang.
    • Windows 8.1/Windows 8
      Qidirsh maydonida ilova nomini kiriting, so'ngra aks etgan tasvirchani tanlang.
    • Windows 7/Windows Vista/Windows XP
      Boshlash tugmasini bosing, so'ngra Hamma dasturlar (yoki Dasturlar) > Epson Software > Epson Software Updater ni bosing.
  2. Eng so'nggi dasturiy ta'minotlar ro'yxatidan o'rnatmoqchi bo'lgan dasturiy ta'minot nomini tanlang, so'ngra o'rnating.

    Eslatma:

    Agar siz ko'pgina mahsulotlardan foydalansangiz, model nomlarini tanlang. Ro'yxatda yangilangan dasturiy ta'minotlar va veb-saytda tarqatiladigan dasturiy ta'minot nomlari keltirilgan.