> Muammolarni hal qilish > Chiroqlar va printer holatini tekshirish

Chiroqlar va printer holatini tekshirish

Boshqaruv panelidagi chiroqlar printer holatini ko‘rsatadi.

Normal holat

: Yoniq : Yoniq

Chiroq

Holati

Printer simsiz (Wi-Fi) tarmoqqa Ethernetga ulangan

Agar printer bir vaqtda Wi-Fi va simli LAN tarmoqqa ulansa, simli LAN ulanishiga ustuvorlik beriladi.

Printer tarmoqqa Wi-Fi Direct (Oddiy KN) rejimida ulangan.

Printer USB orqali ulangan.

Xatolik holati

Xatolik yuz berganda chiroq yonadi yoki miltillaydi. Xatolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter ekranida namoyish qilinadi.

: Yoniq

: Sekin miltillayapti

/ : Tez miltillayapti

Chiroq

Holati

Yechimlar

Wi-Fi ulanishi xatosi yuz berdi.

Xatolikni tuzatish uchun tugmasini bosing va qaytadan urining.

Birorta ham qog‘oz solinmagan yoki bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq qog‘oz uzatilgan.

Qog‘ozni joylang va tugmasini bosing.

Qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berdi.

Qog‘ozni oling va tugmasini bosing.

Siyoh kartrijida siyoh qolmagan yoki kartrijda siyoh yetkazib berish uchun yetarlicha siyoh qolmagan.

Chop qilishning oliy sifatini ta’minlash va chop qilish kallagini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartrijni toʻldirish kerakligini koʻrsatganida o‘zgaruvchan siyoh zaxirasi kartrij ichida qoladi. Yangi siyoh kartriji bilan almashtiring.

Siyoh kartriji oʻrnatilmagan.

Siyoh kartrijini oʻrnating.

Siyoh kartriji aniqlanmadi.

Siyoh kartrijini mahkam pastga bosing.

Dastaklanmaydigan siyoh kartriji oʻrnatilgan.

Bu printer dastaklaydigan siyoh kartrijini oʻrnating.

Printeringiz bilan birga berilgan kartrijlardan almashtirish uchun foydalana olmaysiz.

Siyoh kartrijida siyoh deyarli qolmagani sababli kuchli tozalashni bajarish imkonsiz.

Xatolikni tozalash uchun tugmasini bosing. Kuchli tozalashni bajarish uchun yangi siyoh kartridji bilan almashtiring.

Siyoh kartrijida siyoh deyarli qolmagan.

chiroq yongunicha chop qilishingiz mumkin.

Yangi siyoh kartrijini tayyorlang. Siz kompyuterdan siyoh darajalarini tekshirishingiz mumkin.

  • Printer to‘g‘ri tartibda o‘chirilmagan.*

  • Printer ishlab turgan paytda o‘chirilgani sababli, naychalar qurib qolishi va ifloslanishi mumkin.

* Elektr toki elektr uzaytirgich yoki o‘chirgich yordamida uzilgan, elektr kabeli sanchqisi rozetkadan uzilgan yoki elektr tokida uzilishlar bo‘lgan.

  • tugmasini bosgan holda xatoliklarni bartaraf qilgandan keyin naychalarni tekshirishni tavsiya etamiz.

  • Printerni o‘chirish uchun tugmani bosganligingizga ishonch hosil qiling.

Bir vaqtda miltillayapti:

Siyoh yostiqchasining xizmat muddati tugay deb qolgan yoki tugagan.

Siyoh yostiqchalarini almashtirish kerak.

Muhr yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*1. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Kompyuterda chop qilishni davom ettirishingiz mumkinligi aytilgan xabar namoyish qilinganda chop qilishni davom ettirish uchun tugmasini bosing. Chiroqlar vaqtinchalik miltillashdan to‘xtaydi, biroq siyoh yostiqchasi almashtirilgunicha ular ma’lum oraliq bilan miltillab turadi.

Bir vaqtda miltillayapti:

Siyoh yostiqchasining xizmat qilish muddati tugay deb qolgani sababli kuchli tozalashni bajarish imkonsiz.

Xatolikni tozalash uchun tugmasini bosing. Kuchli tozalashni bajarish uchun siyoh yostiqchasini almashtirish kerak. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Ketma-ket miltillamoqda:

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasining xizmat muddati tugay deb qolgan yoki tugagan.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchalarini almashtirish kerak.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling *2. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Kompyuterda chop qilishni davom ettirishingiz mumkinligi aytilgan xabar namoyish qilinganda chop qilishni davom ettirish uchun tugmasini bosing. Chiroqlar vaqtinchalik miltillashdan to‘xtaydi, biroq siyoh yostiqchasi almashtirilgunicha ular ma’lum oraliq bilan miltillab turadi.

Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin.

Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi.

Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.)

2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring.

Printer xatosi yuz berdi.

Printer ichidagi har qanday qog‘ozni olib tashlang. Printerni o‘chirib yoqing.

Agar qurilmani o‘chirib yoqqandan keyin ham muammo bartaraf qilinmasa, Epson ko‘mak xizmati bilan bog‘laning.

*1 Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun printer yostiqchaning so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish xarajatlarini qamrab olmaydi.

*2 Ayrim chop etish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha hoshiyasiz chop etish siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun mahsulot yostiqchaning so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda hoshiyasiz chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez-tez talab qilinishi hoshiyasiz chop qilish usulidan foydalanib chop qilishlar soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish xarajatlarini qamrab olmaydi.