Kuchli tozalash bandini ishga tushirish

Kuchli tozalash xususiyati quyildagi hollarda chop qilish sifatini yaxshilashi mumkin.

  • Ko‘pchilik soplolar tiqilib qolganda.

  • Siz naychalarni tekshirish va kallakni tozalashni 3 uch marta bajarib, chop qilmasdan kamida 12 soat kutganingiz, lekin sifat baribir yaxshilanmaganda.

Bu xususiyatni ishga tushirishdan avval soplolarning tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun soploni tekshirish xususiyatidan foydalaning, ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing va keyin Kuchli tozalash ni ishga tushiring.

Muhim:

Kuchli tozalash xususiyati chop qilish kallagini tozalashga qaraganda ko‘proq siyoh sarflaydi.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.

  2. Kuchli tozalash-ni tanlang.

  3. Kuchli tozalash funksiyasini ishga tushirish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

  4. Bu funksiyani ishga tushirgandan so‘ng, naychalar tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun uni tekshirishni amalga oshiring.

    Soploni tekshirishni qanday ishga tushirish tafsilotlarini ko‘rish uchun quyidagi tegishli ma’lumotlar havolasiga qarang.

Muhim:

Agar Kuchli tozalash ni ishga tushirgandan keyin chop qilish sifati yahshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting, va keyin soploni tekshirish qismini yana chop qiling. Chop qilingan qismga qarab Chop etish kallagini tozalash yoki Kuchli tozalash ni ishga tushuring. Agar sifat baribir yaxshilanmasa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Eslatma:

Kuchli tozalashni printer drayveridan ishga tushirishingiz ham mumkin.

  • Windows

    Texnik xizmat paneli > Chop qilish kallagini tozalash > Kuchli tozalash

  • Mac OS

    Apple menyu > Tizim afzalliklari > Printerlar va skanerlar (yoki Chop qilish va skanerlash, Chop qilish va fakslash) > Epson(XXXX) > Opsiyalar va ta’minotlar > Yordamchi dastur > Printer yordamchi dasturini ochish > Chop qilish kallagini tozalash > Kuchli tozalash