Muammoning yechimi

Agar siz kutganingizdek chop qila olmasangiz, skanerlay olmasangiz yoki fakslay olmasangiz yoki chop etishda muammolar tugʻilsa, ushbu boʻlimni oʻqing. Ayrim umumiy muammolarni yechish uchun quyidagilarga qarang.

Printer yoqilganmi?

Yechimlar

  • Printer yoqilganligiga ishonch hosil qiling.

  • Quvvat kabeli toʻgʻri ulanganiga ishonch hosil qiling.

Printer ichida qogʻoz tiqilib qolganmi?

Yechimlar

Qogʻoz ichida tiqilib qolsa, printer chop qilishni boshlay olmaydi. Printer ichida tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlang.

Printerning oʻzi soz ishlayaptimi?

Yechimlar

  • Agar LCD displeyda xatolik to‘g‘risidagi xabar turgan boʻlsa, xatolikni tekshiring.

  • Holat jadvalini chop eting va undan printerning oʻzi toʻgʻri chop eta olishini tekshirishda foydalaning.

Ulanishda muammolar bormi?

Yechimlar

  • Barcha kabellar konnektorlarga toʻgʻri ulanganiga ishonch hosil qiling.

  • Tarmoq qurilmasi va USB hab soz ishlayotganiga ishonch hosil qiling.

  • Agar sizda Wi-Fi ulanish bor boʻlsa, Wi-Fi ulanish sozlamalari toʻgʻriligiga ishonch hosil qiling.

  • Kompyuteringiz va printeringiz ulangan tarmoqni tekshiring va tarmoqlar nomlari mos kelayotganiga ishonch hosil qiling.

Chop etish maʼlumoti toʻgʻri uzatilganmi?

Yechimlar

  • Avvalgi vazifalardan chop etish maʼlumotlari qolib ketmaganiga ishonch hosil qiling.

  • Printer aloqadan chiqib ketmaganligiga ishonch hosil qilish uchun printer drayverini tekshiring.