Yechimlar
Gorizontal polosalar (chop qilish yo‘nalishiga perpendikulyar) paydo bo‘lganda yoki qog‘ozning yuqori yoki past qismi dog‘langanda qog‘ozni to‘g‘ri yo‘nalishda soling va chekkalar yo‘naltirhichlarini qog‘oz qirralari tomon suring.
Yechimlar
Vertikal polosalar (chop qilish yo‘nalishiga nisbatan gorizontal) paydo bo‘lganda yoki qog‘oz dog‘langanda qog‘oz yo‘lini tozalang.
Yechimlar
Uning qayrilib qolmaganligini tekshirish uchun qog‘ozni tekis yuzaga qo‘ying. Agar u qayrilgan bo‘lsa, uni tekislang.
Yechimlar
Qo‘lda 2 tomonlama chop qilishda qog‘ozni solishdan avval siyohning to‘liq quriganligiga ishonch hosil qiling.
Yechimlar
Avtomatik 2 tomonlama chop etish funksiyasidan foydalanayotganda va rasm hamda grafiklar singari yuqori zichlikdagi ma’lumotlar chop etilayotganda bosma zichligini pasaytiring va quritish vaqtini uzaytiring.