Bosh ekranni sozlash

Quvvat holati ekranini koʻrsatadi.

Taxminiy siyoh darajalarini yoki texnik xizmat qutisining taxminiy xizmat qilish muddatini tekshirish mumkin.

Tarmoq ulanishi holatini ko‘rsatadi. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang.

Tarmoq belgisi bo‘yicha yo‘riqnoma

Qurilma ovozi sozlamalari ekranini koʻrsatadi.

Ovozsiz qilish va Sokin rejimni qo‘yish mumkin. Bu ekrandan Tovushlar menyusiga ham kirish mumkin. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Asosiy sozlamalar > Tovushlar

Printerda Sokin rejim qo‘yilgan-qo‘yilmaganini ko‘rsatadi. Bu xususiyat yoqilsa, printer ishlashidagi shovqin kamayadi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Ammo tanlangan qog‘oz turi va bosma sifatiga bog‘liq ravishda shovqin kamaymasligi mumkin.

Printerda Ovozsiz qilish qo‘yilganini ko‘rsatadi.

Faks axboroti ekranini koʻrsatadi. Ko‘rsatilgan raqam hali o‘qilmagan, chop etilmagan yoki saqlanmagan fakslar sonini ko‘rsatadi.

Har bir menyuni namoyish qiladi.

  • Nusxalash

    Hujjatlar nusxasini olishga imkon beradi.

  • Skaner

    Hujjatlarni skanerlash va ularni kompyuter yoki xotira qurilmasiga saqlashga imkon beradi.

  • Faks

    Fakslar yuborishga imkon beradi.

  • Andozalar

    Nusxalash, skanerlash yoki faks orqali yuborish uchun tez-tez ishlatiladigan sozlamalarni oldindan o‘rnatilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizga imkon beradi.

  • Xotira qurilmasi

    Printerga ulangan USB flesh-disk qurilmasi kabi xotira qurilmasida JPEG yoki TIFF ma’lumotlarini chop etishga imkon beradi.

  • Qarov

    Chop qilingan materiallar sifatini yaxshilash, jumladan uchlikni tekshirish namunasini chop qilish va kallakni tozalashni bajarish orqali tiqilib qolgan uchliklarni tozalash va chop qilish kallagini tenglashtirish orqali chop qilingan materiallarning chaplanishi yoki polosalarni yo‘qotish uchun tavsiya qilingan menyularni ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

    Sozlamalar > Qarov

  • Sozlamalar

    Texnik xizmat ko‘rsatish, printerni o‘rnatish va ishlarni bajarish bilan bog‘liq sozlamalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Ekranni o‘ngga siljitadi.