> Muammolarni hal qilish > Muammoni hal qilib bo‘lmayapti > Chop qilish muammolarini hal qilib bo‘lmayapti

Chop qilish muammolarini hal qilib bo‘lmayapti

Muammoni hal qilguningizcha eng yuqoridan boshlash uchun quyidagi muammolarni sinab ko‘ring.

  • Siz yuklagan qog‘ozning printer drayveridagi qog‘oz turi sozlamalariga o‘rnatilgan qog‘oz turiga mos ekanligiga ishonch hosil qiling.

    Qogo‘oz o‘lchami va turi sozlamalari

  • Boshqaruv panelida yoki printer drayverida yuqoriroq sifatli sozlamadan foydalaning.

  • Printerga o‘rnatilgan siyoh kartridjlarini qaytadan o‘rnating.

    Siyoh kartridjlarini qaytadan o‘rnatish chop qilish kallagi nasadkalariga tiqilib qolgan narsalarni tozalashi va siyohning tekis oqishiga imkon berishi mumkin.

    Biroq siyoh kartridji qayta o‘rnatilganida siyoh sarflanligi tufayli qolgan siyoh miqdoriga bog‘liq ravishda siyoh kartridjini almashtirishni so‘rovchi xabar ko‘rsatilishi mumkin.

    Siyoh kartrijlarini almashtirish vaqtidir

  • Chop qilish kallagini tekislang.

    Chop qilish golovkasini tekislash

  • Chop qilish kallagi soplolarining tiqilib qolmaganligini ko‘rishsoploni tekshirishni ishga tushiring.

    Agar soploni tekshirish namunasida yetishmagan segmentlar mavjud bo‘lsa, soplolar tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Kallakni tozalash va soploni tekshirishni navbati bilan 3 marta takrorlang va soplolarning tozalanganligini tekshiring.

    Chop qilish kallagini tozalashning biroz siyohdan foydalanishini yodda tuting.

    Chop qilish kallagini tekshirish va tozalash

  • Printerni o‘chiring, kamida 12 soat kuting va keyin soplolarning tozalanganligini tekshiring.

    Agar muammo tiqilib qolish bo‘lsa, printerni ma’lum vaqt chop qolmasdan qoldirish muammoni hal qilishi mumkin.

    Printer o‘chiq bo‘lganida quyidagilarni tekshirishingiz mumkin.

  • Asl Epson siyoh kartridjlaridan foydalanayotganligingizni tekshiring.

    Asl Epson siyoh kartridjlaridan foydalanishga harakat qiling. Bu mahsulot asl Epson siyoh kartridjlaridan foydalanishga asoslangan holda ranglarni sozlashga mo'ljallangan. Asl bo'lmagan siyoh kartridjlaridan foydalanish chop qilish sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

    Siyoh kartriji kodlari

  • Yarim shaffof plyonka chaplanib ketgan-ketmaganini tekshiring.

    Agar yarim shaffof plyonkada dog‘lar mavjud bo‘lsa, ularni yaxshilab artib tashlang.

    Yarim shaffof plyonkani tozalash

  • Printer ichida qog‘oz bo‘laklarining qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

    Qog‘ozni chiqarib olganingizda qo‘lingiz yoki qog‘oz bilan yarim shaffof plyonkaga tegmang.

  • Qog‘ozni tekshiring.

    Qog‘ozning buklanib qolmaganligi yoki uning chop qilinadigan tomoni noto‘g‘ri yo‘nalishda qilib joylashtirilmaganligini tekshiring.

    Qog‘oz bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

    Foydalanish mumkin bo‘lgan qog‘oz va sig‘imlar

    Foydalanish mumkin bo‘lmagan qog‘oz turlari

  • Eski siyoh kartridjidan foydalanmayotganligingizga ishonch hosil qiling.

    Yaxshi natijalar uchun, Epson siyoh kartrijlarini upakovka ustida yozilgan yaroqlilik muddatigacha, yoki upakovka ochilgandan olti oy ichida, qay biri vaqtliroq bo‘lsa, foydalanishni tavsiya qiladi.

Agar yuqoridagi yechimlarni sinab ko‘rib ham muammoni hal qila olmasangiz, ta‘mirlash talab qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.