Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib Android qurilmalariga ulash

Bu usul sizga printerni simsiz routersiz Android qurilmalariga ulash imkonini beradi. Bu funksiyadan foyfalanish quyidagi shartlarni talab qiladi.

  • Android 5.0 yoki keyingi versiyalari

  • Epson kompaniyasining Android uchun chop qilish ilovasi.

    Epson printing ilovasiga misollar

    Epson chop qilish ilovasini smart qurilmangizda oldindan oʻrnatib oling.

Eslatma:

Sizdan faqat printer va ulamoqchi bo‘lgan smart qurilma uchun bu sozlamalarni bir marta sozlash talab qilinadi. Wi-Fi Direct funksiyasini o‘chirib qo‘ymas yoki tarmoq sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta tiklamas ekansiz, bu sozlamalarni qaytadan sozlashingiz shart emas.

  1. Bosh ekranda Wi-Fi-ni tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Wi-Fi Direct-ni tanlang.

  3. OK tugmasini bosing.

  4. Android-ni tanlang.

  5. Smart qurilmada Epson printing ilovasini ishga tushiring.

  6. Epson printing ilovasi ekranida Printer is not selected. tugmasini bosing.

    Epson Smart Panel ilovasida smart qurilma printer ishga tushishi bilan u bilan avtomatik tarzda ulanadi.

  7. O‘zingiz ulamoqchi bo‘lgan printerni tanlang.

    Printerni tanlash uchun printer boshqaruv panelida ko‘rsatilgan ma‘lumotlarga qarang.

    Eslatma:

    Android qurilmasiga bog‘liq ravishda printerlar ko‘rsatilmasligi mumkin. Agar printerlar ko‘rsatilmasa, Boshqa OT qurilmalari ni tanlash orqali ulang. Ulash uchun quyidagi tegishli ma’lumotni ko‘ring.

  8. Qurilmaning ulashni tasdiqlash ekrani ko‘rsatilganida Tasdiqlash-ni tanlang.

  9. Printerning boshqaruv panelidan Tugallandi bo‘limiga kiring.

Printerga avval ulangan smart qurilmalarni qaytadan ulash uchun smart qurilmaning Wi-Fi ekranida tarmoq nomini (SSID) tanlang.