O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.
Avtomatik
Asl oʻlchamni qog‘oz o‘lchami kattaligiga avtomatik kattalashtirish yoki kichiklashtirish. Masalan, agar asl oʻlchamni A6 qilib sozlasangiz va qogʻoz oʻlchamini A4 qilib sozlasangiz, kattalashtirish avtomatik 200% qilib sozlanadi.
Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan (
) boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

Sig‘dirish
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Miqyos qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Miqyos qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Haqiqiy o‘lchami
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
A3→A4 va boshqalar
Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Originalning o‘lchamini tanlang. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
4 ta
4 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Originalning turini tanlang. Original turiga mos kelishi uchun optimal sifatda nusxa ko‘chiradi.
Bir nechta originalning bir nechta nusxasini qanday chiqarishni tanlang.
Guruhlash (bir xil sahifalar)
Originallarni guruh sifatida sahifalar bo‘yicha nusxalaydi.

Taxlash (sahifa tartibi)
Originallarni o‘z tartibida taxlab, to‘plamlarga to‘plagan holda nusxa ko‘chiradi.

Broshyuraning ikkita yuz sahifasini alohida varaqqa nusxa ko‘chiradi.
Broshyuraning qaysi sahifasini skanerlashni tanlang.
Tasvir sozlamalarini rostlash.
Kontrast
Yorqin va qoramtir qismlarining farqini rostlash.
To‘yinganlik
Ranglarning jo‘shqinligini rostlash.
Qizil rang muvozanati, Yashil rang muvozanati, Ko‘k rang muvozanati
Har bir rangning zichligini rostlash.
O‘tkirlik
Tasvirning konturini rostlash.
Rang tusi
Terining tusini rostlash. Sovitish (yashilni oshirish) uchun + belgisini bosing, ilitish (qizilni oshirish) uchun - belgisini bosing.
Fonni olish
Fon rangining zichligini rostlash. Yorqinlatish (oq) uchun + belgisini bosing, qoraytirish (qora) uchun - belgisini bosing.
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Miqyos qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Miqyos qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Qalin qog‘ozni nusxalashda nusxalar atrofidagi soyani yoki broshyurani nusxalashda o‘rtasidagi soyani olib tashlaydi.