Asosiy sozlamalar

Rang rejimi:

Odatda Oq-qora yoki Rangli rejimida chop etilishini tanlash. Saq-n sozlamalar siz qilgan sozlamalarni xotiraga saqlash uchun qo‘llaydi.

Qog‘oz:

Chop etiladigan qog‘oz manbasi sozlamalarini belgilash.

Kichraytir/kattartir:

Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kattalashtirish darajasini ko‘rsating.

  • Saq-n sozlamalar

    Siz qilgan sozlamalarni xotiraga saqlash uchun qo‘llaydi.

  • Avtomatik

    O‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun ma’lumotlarni avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.

  • Sig‘dirish

    Qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun ma’lumotlarni Kichraytir/kattartir qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda chop qiladi. Agar Kichraytir/kattartir qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.

  • Haq. o‘lch.

    100% kattalashtirish bilan chop qiladi.

  • A3→A4 va boshqalar

    Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun ma’lumotlarni avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.

2 tomonlama:

2 tomonli sxemani tanlang.

  • 2 tomonlama

    2 tomonlama chop qilishdan foydalanib chop qilish yoki qilmaslikni tanlang.

  • Muqova

    2 tomonlama chop qilish uchun bukish joyini tanlang.

Ko‘p:

Chop qilish qolipini tanlang.

  • Bitta

    Bir tomonli originalni bitta betga chop qiladi.

  • 2 ta

    2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib chop qiladi. Qolip tartibini tanlang.

  • 4 ta

    To‘rtta bir tomonli ma’lumotlarni 4 ta qolipda bitta betga chop qiladi. Qolip tartibini tanlang.

Yakunlash:
  • Yakunlash

    Tartib bo‘yicha solishtirilgan va to‘plamlarga ajratilgan ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Taxlash (sahifa tartibi)-ni tanlang. Bitta raqamli sahifalarni guruh sifatida olish orqali ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Guruhlash (bir xil sahifalar)-ni tanlang.

  • Qog‘ozni chiq-sh

    Agar Aylantirish tanlansa, portret va peyzaj yo‘nalishlarida ketma-ket almashtirgan holda chop qilish mumkin.

Buklet:

Chop qilinganlardan buklet yaratmoqchi bo‘lganingizda ushbu sozlamalarni ko‘rsating.

  • Buklet

    Chop qilingan materiallardan buklet yaratishga imkon beradi.

  • Muqova

    Bukletning buklanish holatini tanlang.

  • Muqovalash chegarasi

    Buklash hoshiyasini ko‘rsating. Buklash hoshiyasini 1 mm oshirishlar bilan 0 dan 50 mm gacha o‘rnatishingiz mumkin.

  • Qopqoq

    Bukletga muqovalar qo‘shishga imkon beradi.

  • Qog‘oz

    Muqovalar uchun o‘zingiz qog‘oz yuklagan qog‘oz manbasini tanlang.

  • Old qopqoq

    Old muqova uchun chop qilish sozlamalarini ko‘rsating. Agar siz old muqovaga chop qilmoqchi bo‘lmasangiz, Chop etilmasin-ni tanlang.

  • Orqa qopqoq

    Orqa muqova uchun chop qilish sozlamalarini ko‘rsating. Agar siz orqa muqovaga chop qilmoqchi bo‘lmasangiz, Chop etilmasin-ni tanlang.