Tarmoq skanerini qo‘shish

Tarmoq skanerdan foydalanish uchun, “Epson Scan 2” skaner drayveridan foydalanib skanerni qo‘shing.

  1. Epson Scan 2-ni ishga tushiring.

    • Windows 10/Windows Server 2016
      Start tugmasini bosib, EPSON > Epson Scan 2ni tanlang.
    • Windows 8.1/Windows 8/Windows Server 2012 R2/Windows Server 2012
      Qidirish qatoriga dastur nomini yozing va keyin namoyish qilingan tasvirchani tanlang.
    • Windows 7/Windows Vista/Windows XP/Windows Server 2008 R2/Windows Server 2008/Windows Server 2003 R2/Windows Server 2003
      Start tugmasini bosing, so‘ng Barcha dasturlar yoki Dasturlar > EPSON > Epson Scan 2’ni tanlang.
    • Mac OS
      O‘tish > Ilovalar > Epson Software > Epson Scan 2-ni tanlang.
  2. Skaner sozlamalari ekranida Qo'shishni cherting.

    Eslatma:
    • Agar Qo'shish kulrangda ko‘rsatilgan bo‘lsa, Tahrirlashni yoqish-ni cherting.

    • Agar Epson Scan 2 asosiy ekani namoyish qilingan bo‘lsa, u allaqachon skanerga ulangan bo‘ladi. Agar siz boshqa tarmoqqa ulamoqchi bo‘lsangiz, Skaner sozlamalari ekranini ochish uchun Skaner > Sozlamalar-ni tanlang.

  3. Tarmoq skanerini qo‘shing. Quyidagi elementlarni kiriting va keyin Qo'shish-ni cherting.

    • Modeli: O‘zingiz ulamoqchi bo‘lgan skanerni tanlang.
    • Nomi: Skaner nomini kiriting. 32 tagacha belgini kiritishingiz mumkin.
    • Tarmoqni qidirish: Kompyuter bilan skaner bitta tarmoqda bo‘lgan hollarda IP-manzil namoyish qilinadi. Agar u namoyish qilinmasa, tugmasini bosing. Agar IP-manzil baribir namoyish qilinmasa, Manzilni kiriting-ni cherting va IP-manzilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiriting.
  4. Skaner sozlamalari ekranida skanerni tanlang va keyin OK tugmasini cherting.