O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Rangli yoki oq-qorada nusxalashni tanlang.
Avtomatik
Asl nusxaning oq-qora yoki rangli ekanligini aniqlaydi va eng yaxshi rang rejimidan foydalangan holda avtomatik ravishda nusxalaydi.
Asl nusxaga bog‘liq ravishda oq-qora asl nusxalar rangli sifatida yoki rangli asl nusxalar oq-qora sifatida tanib olinishi mumkin. Agar avtomatik tanib olish to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa, rang rejimi sifatida Rangli yoki Oq-qora ni tanlash orqali nusxalang yoki aniqlash sezgirligini o‘rnating. Bosh ekran > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Rang sezuvchanligini nusxalash dagi Sozlamalar ni tanlash orqali sezgirlikni o‘rnatishingiz mumkin.
Rangli
Asl nusxani rangli nusxa ko‘chiradi.
Oq-qora
Als nusxani oq va qorada (monoxrom) nusxa ko‘chiradi.
Nusxasi xira chiqsa, zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, zichlik darajasini kamaytiring.
Ishlatiladigan qog‘oz manbasini tanlang. Avtomatik tanlansa, avtomatik aniqlangan originalning o‘lchami va begilangan kattartirish nisbatiga qarab, mos keladigan o‘lcham avtomatik ravishda uzatiladi.
Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.
Avtomatik
Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan (
) boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

Sig‘dirish
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Kichraytir/kattartir qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Kichraytir/kattartir qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Haq. o‘lch.
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
A3→A4 va boshqalar
Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Originalning turini tanlang. Original turiga mos kelishi uchun optimal sifatda nusxa ko‘chiradi.
2 tomonli sxemani tanlang.
1→ 1 tom.
Originalning bir tomonini bir varaq qog‘ozning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi.
2>2 tomonlama
Ikki tomonli originalning har ikkala tomonini bir varaq qog‘ozning ikkiala tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va original hamda qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.
1>2 tomonlama
Ikkita bir tomonli originallarni bir varaq qog‘ozning ikki tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.
2>1 tomonlama
Ikki tomonli originalning ikkita tomonini ikki varaq qog‘ozning bittadan tomoniga nusxalaydi. Originalning yo‘nalishi va qistiriladigan o‘rnini tanlang.
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
4 ta
4 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Tartib bo‘yicha solishtirilgan va to‘plamlarga ajratilgan ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Taxlash (sahifa tartibi)-ni tanlang.

Bitta raqamli sahifalarni guruh sifatida olish orqali ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Guruhlash (bir xil sahifalar)-ni tanlang.

Agar Qog‘ozni chiq-sh-da Aylantirish tanlansa, portret va peyzaj yo‘nalishlarida ketma-ket almashtirgan holda chop qilish mumkin. Bu xususiyatdan foydalanganda Avtomatik-ni Qog‘oz sifatida tanlang.