Oluvchilarni tanlash

Siz quyidagi usullardan foydalangan holda faks jo‘natish uchun Oluvchi panelidan oluvchilarni aniqlashingiz mumkin.

Faks raqamini qo‘lda kiritish

Bevosita kiritish-ni tanlang, ekranda ko‘ringan faks raqamini kiriting va keyin OK tugmasini bosing.

- Raqam terish vaqtida pauza (uch soniyali) qo‘shish uchun (-) defis belgisini kiriting.

- Agar siz Liniya turi bandida tashqi kirish kodini o‘rnatgan bo‘lsangiz, haqiqiy tashqi kirish kodining o‘rniga faks raqamining boshlanishida “#” (panjara) belgisini kiriting.

Eslatma:

Agar faks raqamini qo‘lda kirita olmasangiz, Xavfsizlik sozlamalari bo‘limidagi Bevosita terish u-n cheklovlar Yoniq rejimiga o‘rnatiladi. Kontaktlar ro‘yxatidan yoki yuborilgan fakslar tarixidan faks oluvchilarni tanlang.

Kontaktlar ro‘yxatidan oluvchilarni tanlash

Kontaktlar bo‘limini tanlang va siz faks jo‘natmoqchi bo‘lgan oluvchilarni tanlang. Quyidagi ikonka kontaktlar ro‘yxatini ko‘rsatadi.

Kontaktlar ro‘yxatida oluvchini qidirish uchun -ni tanlang.

Agar siz yubormoqchi bo‘lgan oluvchi hali Kontaktlar-da ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, uni ro‘yxatga olish uchun -ni bosing.

Jo‘natilgan fakslar tarixidan oluvchlarni tanlang

(Oxirgi) bandini tanlang va oluvchini tanlang.

Oluvchi panelidagi ro‘yxatdan oluvchilarni tanlash

Web Config dasturida Assign to Frequent Use sifatida ro‘yxatga olingan oluvchini tanlang.

Eslatma:

Kiritilgan qabul qiluvchilarni o‘chirish uchun LCD ekranidagi faks raqami yoki qabul qiluvchilar soni maydoniga teginish orqali qabul qiluvchilar ro‘yxatini chiqaring, ro‘yxatdan birini tanlab, Olib tashlash-ni tanlang.