IP manzilni belgilash (qo‘shimcha tarmoqdan foydalanganda)

Xost manzili, Qism-tarmoq maskasi, Sukut bo‘yicha shlyuz kabi asosiy parametrlarni oʻrnating.

Standart va qo‘shimcha tarmoq uchun sozlashlarni amalga oshiring.

Mazkur boʻlimda statik IP-manzil sozlamasi jarayoni tushuntiriladi.

  1. Printerni yoqing.

  2. Boshqaruv panelidagi bosh ekranda Sozlamalar bandini tanlang.

  3. Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalarini tanlang.

  4. O‘zingiz o‘rnatmoqchi bo‘lgan tarmoq uchun Standart yoki Qoʻshimcha-ni tanlang.

  5. Qo‘shimcha > TCP/IPni tanlang.

    Eslatma:

    Qo‘shimcha bandini tanlaganingizda qo‘shimcha tarmoq uchun administrator parolini kiritish talab qilinadi.

  6. IP manzili olish uchun Qo'lda-ni tanlang.

    Routerning DHCP funksiyasidan foydalangan holda IP manzilni avtomatik tarzda oʻrnatganingizda Avto rejimini tanlang. Bunday holatda 7- va 8-bosqichlarda IP manzil, Qism-tarmoq maskasi va Sukut bo‘yicha shlyuz avtomatik tarzda oʻrnatilishi bois 9-bosqichga oʻting.

  7. IP-manzilni kiriting.

    IP-manzilni kiritganda quyidagi misolda ko‘rsatilgani kabi uchta raqamlarni hosil qilish uchun nollarni (0) kiriting.

    Namuna:

    • Agar IP-manzil 192.0.2.111 bo‘lsa, 192.000.002.111 ni kiriting.
    • Agar IP-manzil 192.0.12.10 bo‘lsa, 192.000.012.010 ni kiriting.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang. IP-manzil kiritilganidan keyin siz uchta raqam hosil qilish uchun kiritgan nollar tushirib qoldiriladi.

  8. Qism-tarmoq maskasi va Sukut bo‘yicha shlyuz parametrini oʻrnating.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

    Muhim:

    Sizning IP manzil, Qism-tarmoq maskasi va Sukut bo‘yicha shlyuz kombinatsiyalaringiz notoʻgʻri boʻlsa, Sozlashni boshlash faollashmaydi va sozlamalarni davom ettirib boʻlmaydi. Kirishda xato yuz bermaganligini tasdiqlang.

  9. Birlamchi DNS server uchun IP manzilni kiriting.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

    Eslatma:

    IP-manzil belgilanishli sozlamalar uchun Avto rejimini tanlaganingizda, DNS server sozlamalarini Qo'lda yoki Avto bandlaridan tanlashingiz mumkin. Agar siz DNS server manzilini avtomatik tarzda olmasangiz, Qo'lda rejimini tanlang va DNS server manzilini kiriting. Keyin esa bevosita ikkilamchi DNS server manzilini kiriting. Agar Avto bandini tanlasangiz, 11-bosqichga o‘ting.

  10. Ikkilamchi DNS server uchun IP manzilni kiriting.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

  11. Sozlashni boshlash tugmasini bosing.