> Chop qilish > Fotosuratlarni chop qilish > Xotira qurilmasidan JPEG fayllarni chop etish > JPEG sozlamalari uchun kengaytirilgan menyu parametrlari

JPEG sozlamalari uchun kengaytirilgan menyu parametrlari

Yakunlash:
  • Yakunlash

    Tartib bo‘yicha solishtirilgan va to‘plamlarga ajratilgan ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Taxlash (sahifa tartibi)-ni tanlang. Bitta raqamli sahifalarni guruh sifatida olish orqali ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Guruhlash (bir xil sahifalar)-ni tanlang.

  • Qog‘ozni chiq-sh

    Standart tanlangan.

Sifat:

Yuqoriroq sifatda chop etish uchun Eng zo'r-ni tanlang, biroq sekinroq chop etilishi mumkin.

Rasmni tuzatish:

Suratning yorqinligi, kontrasti va to‘yinganligini avtomatik ravishda yaxshilash uchun shu rejimni tanlang. Avtomatik yaxshilashni o‘chirib qo‘yish uchun Yaxshilashni o‘chirish bandini tanlang.

Qizargan ko‘zni yo‘qotish:

Suratlardagi qizil ko‘zni avtomatik ravishda tuzatish uchun Yoniq qilib qo‘ying. Tuzatishlar asl faylga emas, balki chop qilishlarga qo‘llaniladi. Fotosurat turiga bog‘liq ravishda tasvirning ko‘zdan boshqa qismlari tuzatilishi mumkin.

Sana:

Surat olingan yoki saqlangan sanasining formatini tanlang. Ayrim sxemalarda sana chop etilmaydi.

Faylni saqlash

Chop qilish ma’lumotlarini saqlash qurilmasiga saqlashingiz mumkin.

  • Sozlama:

    Chop qilish ma’lumotlarini faqat saqlash qurilmasiga saqlash yoki saqlamaslikni tanlang.

  • Jild (majburiy):

    Chop qilish ma’lumotlarini saqlash uchun jild tanlang.

  • Fayl nomi:

    Fayl nomini o‘rnating.

  • Fayl paroli:

    Faylni tanlash uchun parol o‘rnating.

  • Foydalanuvchi nomi:

    Foydalanuvchi nomini o‘rnating.