Bu menyudan foydalanib mahsulotni tizim ma’muri singari saqlashingiz mumkin. U sizga ishingiz yoki ofis uslubiga mos bo‘lishi uchun mahsulot xususiyatlarini alohida foydalanuvchilar uchun cheklab qo‘yishga imkon beradi.
Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Faks, E-pochtaga skanerlash va Tarmoq jildi/FTPga skanerlash menyulari uchun kontaktlarni qayd etish va/yoki o‘chirib tashlash.
Ko‘p ishlatiladigan kontaktlarga tez kirish uchun qayd etish. Ro‘yxat tartibini o‘zgartirish ham mumkin.
Kontaktlar ro‘yxatini chop etish.
Kontaktlar ro‘yxati ko‘rinishini o‘zgartirish.
Kontakt qidirish usulini o‘zgartirish.
Chop qilish kallagini tozalash uchun quyidagi sozlamalarni o‘rnatishingiz mumkin.
Chop qilishdan avval yoki chop qilgandan keyin chop qilish kallagi nasadkalarining tiqilib qolmaganligini tekshiring.
Tozalash natijasida zarur bo‘lgan hollarda chop qilish kallagini tozalash avtomatik ravishda bajariladi.
Ma’lum sondagi sahifalar chop qilingandan keyin chop qilish kallagini tozalashni bajarish uchun Yoniq’ni tanlang.
Avtomatik dan foydalanib nusxa ko‘chirilayotganda hujjatning oq-qora yoki rangli ekanligini aniqlash uchun rangga sezgirlik sozlamasini tanlang.
Sezgirlikni Oq va qorani oshirish bilan Rangni oshirish orasidagi beshta darajasidan bittasidan tanlashingiz mumkin.
U Oq va qorani oshirish ga yaqinroq tanlanganida hujjatlar oq-qoraga yaqinroq rangda skanerlanadi va Rangni oshirish ga yaqinroq tanlanganida hujjatlar rangli skanerlanadi.
ADF skanerlash komponentlarini tozalayotganingizda xabardor qiluvchi xabar ko‘rsatilmasligini xohlasangiz, O‘chirish bandini tanlang.
Jamlanuvchi rangli chop qilish sahifalari soni (sahifalar soni) va jamlanuvchi monoxrom chop qilish sahifalari sonini (sahifalar soni) Sukut bo‘yichaga o‘rnating.
Bu element PCL yoki PostScript’ga mos printerda namoyish qilinadi.
Printer ichki xotirasidagi yuklab olingan shrift va PCL chop qilish yoki parolli chop qilish ishi uchun makros kabi ma’lumotlarni o‘chiring.
Ichki qattiq diskka saqlangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun sozlamalarni o‘rnatishni bajaring.
Chop qilish, nusxalash va skanerlash bo‘yicha ishlar autentifikatsiyali chop qilish va katta miqdorda nusxalash, skanerlash, chop qilish kabilarni bajarishda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun vaqtinchalik qattiq diskka saqlanadi. Ushbu ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish uchun sozlashlarni amalga oshiring.
Yoqilganida chop qilish yoki skanerlash yakunlangani kabi hollarda ma’lumotlar keraksiz bo‘lib qo‘lganida ko‘zlangan ma’lumotlar ketma-ket tarzda o‘chiriladi. O‘chiriluvchi ko‘zlangan ma’lumotlar bu funksiya yoqilganida yozilgan ma’lumotlardir.
Qattiq diskka murojaat qilish zarur bo‘lganligi tufayli quvvat tejash rejimiga kirish vaqti kechikadi.
Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajarib yoki qurilmani o‘chirib bo‘lmaydi.
Yuqori tezlik:
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.
Ustidan yozish:
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.
Uch karra yozish:
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.
Quyidagi xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatishingiz mumkin.
Panel qulfi yoqilganida quyidagi elementlarning sozlamalarini o‘zgartirishga ruxsat bering.
Topshiriqlar jurnaliga kirish
Kontaktlarni qo‘shish/o‘chirish
Faks Oxirgi foydalanish
Faks Uzatmalar jurnaliga kirish
Faks hisobotiga kirish
Tarmoq jildi/FTPga skanerlash – Saqlanganlar tarixini chop etish
E-pochtaga skanerlash – Oxirgi amallarga kirish
E-pochtaga skanerlash – Yuborilganlar tarixini ko‘rsatish
E-pochtaga skanerlash – Yuborilganlar tarixini chop etish
Til tanlash
Qalin qog‘oz tanlash
Sokin rejimni tanlash
Chop etish tezligi ustuvorligini belgilash
Ikkita qog‘oz uzatilganini aniqlash
Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi
Nusxani chiqarish lotogini o‘zgartirishga ruxsat
Qurilmani o‘chirish buyrug‘ini qabul qilish
Mahsulot xususiyatlarini cheklab qo‘yish uchun Yoniq-ni tanlang. Bu foydalanuvchilardan boshqaruv paneli xususiyatlaridan foydalana olishlaridan avval o‘zlarining foydalanuvchi nomlari va parollari bilan boshqaruv paneliga kirishlarini talab qiladi. Noma’lum foydalanuvchi vazifalarini qabul qilish-da siz kerakli autentifikatsiya ma’lumotlariga ega bo‘lmagan ishlarga ruxsat berish yoki bermaslikni tanlashingiz mumkin.
Administrator paroli
Ma’mur parolini o‘rnating, o‘zgartiring yoki bekor qiling.
Taqiqlash funksiyasi
Administrator paroli-da qayd qilinga parol bilan boshqaruv panelni qulflash yoki qulflamaslikni tanlang.
Parol siyosatini o‘rnatish uchun Yoniq-ni tanlang.
Parolingizni shifrlash uchun Yoniq-ni tanlang. Shifrlash kalitini zaxiralash uchun siz USB qurilmasini ham ulashingiz mumkin. Qayta ishga tushirish paytida elektrni o‘chirsangiz, ma’lumotlar buzilgan bo‘lishi mumkin va printer sozlamalari standart holatiga qaytariladi. Bunday holda, parol ma’lumotlarini yana o‘rnating.
Audit jurnalini yozib olish uchun Yoniq-ni tanlang.
Ishga tushganda printerning dasturini tekshirish uchun Yoniq-ni tanlang.
Chop qilishlar soni kabi mahsulotdan foydalanishlar haqidagi ma’lumotlarni Seiko Epson Corporation-ga taqdim etish uchun Tasdiqlash ni tanlang.
Quyidagi menyulardagi faks sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnating.
Tarmoq sozlamalari
Nusxa olish sozlamalari
Skanerlash sozlamalari
Faks sozlamalari
Barcha xotirani tozalash
Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajarib yoki qurilmani o‘chirib bo‘lmaydi.
Yuqori tezlik
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.
Ustidan yozish
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.
Uch karra yozish
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.
Barcha maʼl-tlar va sozl-alarni tozalash
Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni hamda printerdagi barcha sozlamalarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajara olmaysiz yoki qurilmani o‘chira olmaysiz.
Yuqori tezlik
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.
Ustidan yozish
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.
Uch karra yozish
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.