Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Administrator tomonidan qulflab qo‘yilgan sozlamalarni o‘zgartira olmaysiz.
Solingan qog‘oz o‘lchami va turini ko‘rsatish uchun qog‘oz manbasini tanlang. Qo‘goz o‘lchamini avto-aniqlash yoqilgan bo‘lsa, printer solingan qog‘oz o‘lchamini aniqlaydi.
Printer avval qog‘oz uzatish lotokidagi qog‘ozga chiqarishi uchun Yoniq ni tanlang.
Letter sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida A4 o‘lchamdagi qog‘oz manbasidan qog‘oz uzatishi yoki A4 sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida Letter o‘lchamidagi qog‘oz manbasidan uzatishi uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Qogʻoz tugagach, qoʻgoz chop etish vazifalari sozlamalarida belgilangan sozlamalar bilan bir xil qogʻoz sozlamalaridagi qogʻoz manbasidan avtomatik uzatiladi. Siz nusxa olish, faks yoki boshqalardagi har bir funksiya uchun qogʻoz manbasini avtomatik tanlashni sozlashingiz mumkin. Hammasini faolsizlantira olmaysiz.
Chop etish vazifalari uchun qogʻoz sozlamalarida muayyan qog‘oz manbasini tanlaganingizda, bu sozlama faolsizlantiriladi. Printer drayveridagi Asosiy sahifasida belgilangan qog‘oz turiga qarab, qog‘oz avtomatik uzatilmasligi ham mumkin.
Tanlangan qog‘oz o‘lchami yoki turi solingan qog‘ozga mos kelmaganida xato xabarini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Nusxa ko‘chirish va fakslardan tashqai biror narsani chop qilishda chiqishning qayerda bo‘lishini tanlang.
Printer drayveridan foydalanmasdan tashqi qurilmadan foydalangan holda chop qilganda ushbu chop qilish parametrlari qo‘llaniladi. * bilan belgilangan elementlar printer drayverida boshqariladi va printer boshqaruv panelidagi yoki printer drayverida o‘rnatilgan sozlamalardan qaysi biridan foydalanilishini aniqlang. Printer drayveridagi sozlamalarni tekshirish uchun Texnik xizmat panelini tanlang, Kengaytirilgan sozlamalar sozlamasiga bosing va keyin Panel sozlamalari ni tekshiring. Bu printer drayveriga ustuvorlik beradigan tarzda o‘rnatilganida * bilan belgilangan elementlar printer drayveridan foydalanib chop qilinganida qo‘llaniladi.
Qog‘ozning yuqori hoshiyasini sozlang.
Qog‘ozning chap hoshiyasini sozlang.
2 tomonlama chop etishda qog‘ozning orqa tomoni uchun yuqori hoshiyani sozlang.
2 tomonlama chop etishda qog‘ozning orqa hoshiyasi uchun chap hoshiyani sozlang.
Chop qilinayotgan ma’lumotlardagi bo‘sh sahifalarni avtomatik ravishda o‘tkazib yuboradi.
Bir nechta nusxalarni chop qilganda har bir nusxani 90 darajaga aylantirish uchun Yoniq-ni tanlang.
Kompyuterdan chop qilganda har bir yuboruvchi ishlari orasiga ajratuvchi varaqni qo‘yish uchun Yoniq ni tanlang. Ajratuvchi varaqlar ko‘rsatilgan qog‘oz manbasidan qo‘yiladi.
Yorqinlik va kontrast kabi parametrlarni sozlang va tashqi qurilmadan bosib chiqarishda rangni to‘g‘rilang. Ushbu xususiyat yoqilgan bo‘lsa, printerning rangini to‘g‘irlash sozlamalari standart printer drayveri sozlamalariga qaraganda ustunlikka ega.
Ravshanlik
Kontrast
Rangning to‘yinganligi
Qizil rang muvozanati
Yashil rang muvozanati
Ko‘k rang muvozanati
O‘zingiz PCL yoki PostScript chop qilish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan PDL chop etish konfiguratsiyasi sozlamalarni tanlang.
Qog'oz o'lchami
PCL yoki PostScript bosma uchun odatiy qog‘oz o‘lchamini tanlang.
Qog'oz turi
PCL yoki PostScript bosma uchun odatiy qog‘oz turini tanlang.
Joylashuv
PCL yoki PostScript bosma uchun odatiy yo‘nalishni tanlang.
Sifat
PCL yoki PostScript bosma uchun bosma sifatini tanlang.
Siyohni tejash rejimi
Bosma zichligini kamaytirish orqali siyohni tejash uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Chop etish tartibi
Oxirgi sahifa eng tepada
Faylning birinchi sahifasidan boshlab chop etadi.
Birinchi sahifa eng tepada
Faylning oxirgi sahifasidan boshlab chop etadi.
Nusxalar soni
Chop qilinadigan nusxalar sonini qo‘ying.
Tikish hoshiyasi
Qistirish o‘rnini tanlang.
Qog‘ozni avtomatik ravishda chiqarish
Chop etish paytida to‘xtab qolsa, qog‘ozni avtomatik ravishda chiqarib yuborish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
2 tomonli chop etish
2 tomonli chop etish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Shrift manbasi
Rezident
Printerda oldindan o‘rnatilgan shriftni ishlatish uchun tanlang.
Yuklab olish
Yuklab olingan shriftni ishlatish uchun tanlang.
Shrift raqami
Odatiy shrift manbasi uchun odatiy shrift raqamini tanlang. Mavjud raqam qo‘yilgan sozlamalarga bog‘liq bo‘ladi.
Pitch
Shrift ko‘lamini o‘zgartirib bo‘lsa va o‘zgarmas qadamli bo‘lsa, odatiy shrift qadamini qo‘ying. 0,44 dan 99,99 cpi (belgi/dyuym) gacha qo‘yish mumkin, 0,01 qadamda.
Shrift manbasi yoki shrift raqami sozlamalariga qarab, bu element ko‘rsatilmasligi mumkin.
Bo‘yi
Shrift ko‘lamini o‘zgartirib bo‘lsa va proporsional bo‘lsa, odatiy shrift bo‘yini qo‘ying. 4,00 dan 999,75 birlikkacha qo‘yish mumkin, 0,25 qadamda.
Shrift manbasi yoki shrift raqami sozlamalariga qarab, bu element ko‘rsatilmasligi mumkin.
Belgilar to‘plami
Odatiy belgi to‘plamini tanlang. Agar shrift manbasida tanlangan shrift mavjud bo‘lmasa va yangi belgi jadvalida shrift raqami sozlamasi yo‘q bo‘lsa, font manbasi va font raqami sozlamalari avtomatik ravishda odatiy qiymatga qo‘yiladi, IBM-US.
Shakl
Tanlangan qog‘oz o‘lchami va yo‘nalishi uchun qatorlar sonini belgilang. Buning oqibatida qatorlar orasi (VMI) o‘zgaradi va yangi VMI qiymati printerda saqlanadi. Sahifa o‘lchami yoki yo‘nalish sozlamalari keyinchalik o‘zgartirilsa, saqlangan VMIga asoslanib, Shakl qiymati ham o‘zgaradi.
CR funksiyasi
Muayyan operatsion tizimdagi drayver bilan chop etishda qator uzatish buyrug‘ini tanlang.
LF funksiyasi
Muayyan operatsion tizimdagi drayver bilan chop etishda qator uzatish buyrug‘ini tanlang.
Qog‘oz manbasini tayinlash
Qog‘oz manbasini tanlash buyrug‘i uchun tayinlov qo‘ying. 4 tanlansa, buyruqlar HP LaserJet 4 bilan muvofiq qilib tayinlanadi. 4K tanlansa, buyruqlar HP LaserJet 4000, 5000 va 8000 bilan muvofiq qilib tayinlanadi. 5S tanlansa, buyruqlar HP LaserJet 5S bilan muvofiq qilib tayinlanadi.
Xato varag‘i
PostScript yoki PDF chop etishda xatolik yuz bersa, holatni ko‘rsatuvchi varaqni chiqarish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Bo‘yoq
PostScript bosma uchun rang rejimini tanlang.
Ikkilik
Ikkilik tasvirlar mavjud faylni chop etayotganda Yoniq qilib qo‘ying. Printer drayveri sozlamasi ASCII qilib qo‘yilgan bo‘lsa ham, ilova ikkilik axborot yuborishi mumkin, ammo bu funksiya yoqilganida axborotni chop etish mumkin.
PDF sahifa o‘lchami
PDF faylini chop etishda qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Avtomatik tanlansa, qog‘oz o‘lchami birinchi sahifaga asoslanib aniqlanadi.
2 tomonli chop etishda muammo yuz bersa yoki xotira to‘lib qolsa, bajariladigan amalni tanlang.
Yoniq
2 tomonli chop etishda xato yuz bersa, ogohlantirish ko‘rsatib, bir tomonli rejimda chiqaradi, xotira to‘lib qolgani xatosi ko‘rsatilsa, printer ishlov bera olgan qismnigina chiqaradi.
O‘chiq
Xatolik xabarini ko‘rsatadi va chop etishni bekor qiladi.
Printer qo‘yilgan xotira qurilmasiga kira olishi uchun Yoqish qilib qo‘ying. Agar O'chirib qo'yish tanlangan bo‘lsa, siz xotira qurilmasidagi ma’lumotlarni o‘qiy olmaysiz, chop eta olmaysiz yoki ma’lumotlarni xotira qurilmasiga printer bilan saqlay olmaysiz. Shunda maxfiy hujjatlarning o‘g‘irlanishiga chek qo‘yiladi.
Bosmada siyoh chaplanib ketmasligi uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.
Chop etish paytida shovqinni kamaytirish uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Siz tanlagan qog'oz turi va chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda printerning shovqin darajasida farq bo'lmasligi mumkin.
Printerga chop qilish tezligini qog‘oz turi va chop qilish ma’lumotlari sharoitlariga moslashga imkon berish uchun O‘chiq ni tanlang. Bu chop qilish sifatining yomonlashishi va qog‘oz tiqilishining oldini olishga imkon beradi.
USB orqali ulanganda kompyuter printerga kirishiga ruxsat berish uchun Yoqish qilib qo‘ying. O'chirib qo'yish tanlansa, tarmoq orqali yuborilmagan chop etish yoki skanerlash vazifasi bajarilmaydi.
Printer PostScript printer drayveri yoki PCL printer drayveridan chop etish vazifasini olgandan so‘ng kompyuter bilan USB aloqani uzish uchun o‘tishi kerak bo‘lgan vaqtni soniyada kiriting. Agar PostScript printer drayveri yoki PCL printer drayverida vazifaning tugashi aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, USB aloqasi to‘xtovsiz davom etishi mumkin. Bu holda printer belgilangan vaqtdan so‘ng aloqani uzadi. Aloqani uzmaslik uchun 0 (nol) kiriting.