Printer mikrodasturini avtomatik tarzda yangilash

Printer internetga ulanganida printer mikrodasturini avtomatik tarzda yangilashingiz mumkin.

Administrator qulfi yoqilganda, faqat administrator ushbu funktsiyani bajarishi mumkin. Yordam olish uchun printer ma’muriga murojaat qiling.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Sozlamalar tugmasini tanlang.

  2. Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Mikrodasturni yangilash-ni tanlang.

  3. Sozlamalari ekranini ko‘rsatish uchun Mikrodasturni avtomatik yangilash bandini tanlang.

  4. Bu xususiyatni yoqish uchun Mikrodasturni avtomatik yangilash bandini tanlang.

    Sozlamalar ekraniga qaytish uchun tasdiqlash ekranida Qabul qilish bandini tanlang.

  5. Yangilash uchun kun va vaqtni tanlang va keyin Davom etish bandini tanlang.

    Eslatma:

    Haftaning bir necha kunini tanlashingiz mumkin, biroq hartaning har bir kuni uchun vaqtni ko‘rsata olmaysiz.

Serverga ulanish tasdiqlanganida o‘rnatish yakunlanadi.

Muhim:
  • Yangilash nihoyasiga yetmagunicha printerni o‘chirmang yoki rozetkadan uzmang. Keyingi safar printer yoqilganida LCD ekranda “Recovery Mode” ko‘rsatilishi va printerdan foydalana olmasligingiz mumkin.

  • Agar “Recovery Mode” xabari ko‘rsatilsa, mikrodasturni qaytadan yangilash uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

    1. Kompyuter va printerni USB kabelidan foydalanib ulang. (Yangilashni tarmoq orqali qayta tiklash rejimida bajarib bo‘lmaydi.)

    2. Epson veb-saytidan so‘nggi mikrodasturni yuklab oling va yangilashni boshlang. Tafsilotlar olish uchun yuklab olish sahifasidagi “Yangilash usuli” bo‘limiga qarang.

Eslatma:

Web Config ilovasidan mikrodasturni avtomatik tangilashni o‘rnatishingiz mumkin. Device Management paneli > Mikrodasturni avtomatik yangilash menyusini tanlang, sozlamalarni yoqing va keyin hafta kuni va vaqtni o‘rnating.