Saqlash qurilmasi haqida

Ularni istalgan vaqtda ko‘rish, chop qilish yoki chiqarish uchun fayllarni printyerdagi ichki qurilgan qattiq diskka saqlashingiz mumkin.

Siz fayllarni saqlaydigan soha “jild” deb ataladi.

Tez-tez foydalaniladigan fayllarni saqlash fayllarni tez va oson chop qilishga yoki ularni kompyuterdan foydalanmasdan elektron xatlarga biriktirishga imkon beradi.

Muhim:

Quyidagi hollarda jilddagi ma’lumotlar yo‘qotilishi yoki buzilishi mumkin.

  • Statik elektr toki yoki elekron halaqitlar ta’sir qilganida.

  • Noto‘g‘ri foydalanilganida

  • Muammo yuz berganida yoki printer ta’mirlanganida

  • Tabiiy ofatlar oqibarida printer shikastlanganida

Epson har qanday sabab, hattoki yuqorida sanab o‘tilganlar tufayli va kafolat davri ichida yuz bergan har qanday ma’lumotlar yo‘qotishlari, ma’lumotlarning buzilishi yoki boshqa muammolarning yuz berishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Shuni yodda tutingki, biz yo‘qotilgan yoki buzilgan ma’lumtlarni qayta tiklash uchun ham javobgar emasmiz.