Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash:
O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.
Taxminiy siyoh darajasini ko‘rsatadi. Ushbu xususiyatni yoqish uchun EPSON Status Monitor 3-ni o‘rnatishingiz kerak. Siz uni Epson veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Hozirda Asosiy, Bosmani yakunlash va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.
Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Bosmani yakunlash va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.
Job Arranger Lite bir nechta dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni birlashtirish va ularni bitta chop qilish ishi sifatida chop qilishga imkon beradi.
Qog‘oz uzatib beriladigan qog‘oz manbasini tanlang. Printerningdagi chop qilish sozlamalarida tanlangan qog‘oz manbasini avtomatik tazdda tanlash uchun Avto tanlash bandini tanlang. Agar siz Har bir qog‘oz uchun alohida qo‘y bandini tanlasangiz, old muqova va orqa muqovani chop qilish yoki qilmaslikni ham tanlashingiz mumkin. Siz yana hujjatingizdagi sahifalar uchun bir nechta qog‘oz manbasini tanlashingiz mumkin. Agar siz Himoya varagʻi/Bob tanlasangiz va keyin Sozlamalar ni bossangiz, batafsil sozlamalarni o‘rnatishni bajarishingiz mumkin.
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar siz Foydalanuvchi tayinlagan-ni tanlasangiz, qog‘ozning kengligi va balandligini kiriting, va so‘ngra o‘lchamni ro‘yxatdan o‘tkazing.
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Hujjat o‘lchami Natijaviy qog‘oz bandidan farq qilsa, Hujjatni katta/kichraytirish bandi avtomatik tarzda tanlanadi. Hujjat o‘lchamini kamaytirmay yoki kattalashtirmay chop qilayotganda buni tanlashingiz shart emas.
Hujjat o‘lchamini kamaytirish yoki kattalashtirishga imkon beradi.
Natijaviy qog‘oz-da tanlangan qog‘oz o‘lchamiga moslashtirish uchun hujjatni avtomatik ravishda kichraytiring yoki kattalashtiring.
Ma’lum foiz bilan chop qiladi.
Rasmlarni qog‘ozning markaziga chop qiladi.
Chop etishingizda foydalanadigan qog‘oz turini tanlang. Agar Avtomatik tanlash (bo‘sh qog‘ozlar) bandini tanlasangiz, chop qilish qog‘oz turi printer sozlamalarida quyidagiga o‘rnatilgan qog‘oz manbasidan bajariladi.
Bo'sh qog'oz1, Bo'sh qog'oz2, Preprinted, Letterhead, Rangli, Recycled, Yuqori sifatli bo‘sh qog‘oz
Biroq qog‘oz manbasi printerning Avto tanlash sozlamalari sozlamasida o‘chirilganga o‘rnatilgan qog‘oz manbasidan qog‘ozni uzatib bo‘lmaydi. Old muqova va orqa muqovani chop qilishda qog‘oz yuqoridagidan boshqa qog‘oz turlari uchun o‘rnatilgan qog‘oz manbasidan ham chop qilinadi.
Chop etishda foydalaniladigan chop etish sifatini tanlang. Siz tanlagan qog‘oz turiga mos tarzda sozlamalar mavjud. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.
2 tomonlama chop qilish imkoniyatini beradi.
Bunda siz tikiladigan tomon va bukish chegarasini ko‘rsatishingiz mumkin. Ko‘p sahifali hujjatlarni chop qiliayotganingizda, sahifaning old yoki orqa tomonidan chop qilishni boshlashni tanlashingiz mumkin. Buklash hoshiyasining tasvirlarga qanday ta’sir qilishini tanlash uchun Bukish chegarasidagi tasvirlar menyusidan ham foydalanishingiz mumkin.
Siz egarsimon tikuvning turini, bog‘lash chetini, qopqoqni chopqa etishni, sahifa raqamlarini qo‘shishni kabilarni o‘rnatishingiz mumkin.
Bu sizga bitta varaqda bir necha sahifalar chop qilish yoki poster chop qilish imkonini beradi. Sahifalar chop qilinishi tartibini ko’rsatish uchun qolip tartibi ustiga bosing.
Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.