Ko‘proq tanlamalar Paneli

Chop qilish andozalari:

Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash:

O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.

Hujjat o‘lchami:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang.

Natijaviy qog‘oz:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Hujjat o‘lchami Natijaviy qog‘oz bandidan farq qilsa, Hujjatni katta/kichraytirish bandi avtomatik tarzda tanlanadi. Hujjat o‘lchamini kamaytirmay yoki kattalashtirmay chop qilayotganda buni tanlashingiz shart emas.

Hujjatni katta/kichraytirish:

Hujjat o‘lchamini kamaytirish yoki kattalashtirishga imkon beradi.

Sahifaga moslashtirish:

Natijaviy qog‘oz-da tanlangan qog‘oz o‘lchamiga moslashtirish uchun hujjatni avtomatik ravishda kichraytiring yoki kattalashtiring.

Miqyos:

Ma’lum foiz bilan chop qiladi.

Markaz:

Rasmlarni qog‘ozning markaziga chop qiladi.

Rangni to‘g‘rilash:
Avtomatik:

Rasmlarning tusini avtomatik ravishda sozlaydi.

Noodatiy:

Qo‘lda ranglarni tuzatishni bajarishga imkon beradi. Qo‘shimcha-ni chertish Rangni to‘g‘rilash ekranini ochadi va bu ekranda rangni moslashtirishning batafsil usulini tanlashingiz mumkin. Tasvir tanlamalari tugmachasini chertganingizda sizga Rangli universal bosma usulini belgilash hamda matn va ingichka chiziqlarni ta’kidlash imkonini beradi. Siz Chekkasini silliqlash, Qizil ko‘zni tuzat, va qirralari xiralashgani kamaygan chop etish sozlamalarini yoqishingiz mumkin.

Suv belgisi xususiyatlari:

Nusxa ko‘chirishga qarshi belgilar, suv belgilari yoki yuqori kolontitul va quyi kolontitullar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi.

Qo‘sh/O‘chir:

O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilarini qo‘shish yoki olib tashlashga imkon beradi.

Sozlamalar:

Nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilari uchun chop qilish usulini o‘rnatishga imkon beradi.

Sarlavha/Taglavha:

Yuqori yoki quyi kolontitullarda foydalanuvchi nomi va chop etish sanasi kabi ma’lumotlarni chop etishingiz mumkin. Keyin rang, shrift, o‘lcham yoki uslubni o‘rnatishingiz mumkin.

Qo‘shimcha sozlamalar:
180° ga aylantirish:

Chop etishdan oldin sahifalarni 180 darajaga aylantiradi. Konvertlar kabi printerda ma’lum belgilangan yo‘nalishda kiritiladigan qog‘ozlarni chop qilishda bu bandnbi tanlang.

Ikki yo‘nalishda chop qilish:

Chop qilish kallagi har ikkala yo‘nalishda harakatlanganda chop qiladi. Chop qilish tezligi tezroq, biroq sifati pasayishi mumkin.

Rasmni akslantirish:

Tasvirni u huddi ko‘zguda ko‘ringani kabi chop qilinishi uchun aylantiradi.

Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish:

Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.

Parametrlarni asliga qaytarish:

Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Asosiy panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.