Agar printer internetga ulangan bo‘lsa, boshqaruv panelidan foydalanib printer mikrodasturini yangilashingiz mumkin. Mikrodasturni yangilash orqali printerning ishlashi yaxshilanishi yoki yangi funksiyalar qo‘shilishi mumkin. Siz yana printerni dasturiy ta’minot yangilanishlarini muntazam ravishda tekshiradigan va ular mavjud bo‘lganda sizni xabardor qiladigan tarzda o‘rnatishingiz ham mumkin.
Bosh ekranda Sozlamalar-ni tanlang.
Elementni tanlash uchun
tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.
Mikrodastur yangi-shi > Yangilashni tanlang.
Printerni mikrodastur yangilanishining mavjudligini muntazam ravishda tekshiradigan qilib o‘rnatish uchun Bildirishnoma-ni yoqing.
Ekranda ko‘rsatilgan xabarni tekshiring va keyin Tekshirishni boshlash-ni tanlang.
Ekranda ko‘rsatilgan xabarni ko‘ring, Boshlash bandini tanlang va keyin ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.
Yangi mikrodastur topilganida mikrodastur yangilanadi. Yangilash boshlanganidan keyin uni to‘xtatib bo‘lmaydi.
Yangilash nihoyasiga yetmagunicha printerni o‘chirmang yoki rozetkadan uzmang. Aks holda printer noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
Agar mikrodasturni yangilash tugallanmasa yoki muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, keyingi safar yoqilganda printer odatdagidek ishga tushmaydi va LCD ekranda “Recovery Mode” namoyish qilinadi. Bunday holatda kompyuterdan foydalanib mikrodasturni yana yangilashingiz kerak bo‘ladi. USB kabelidan foydalanib printerni kompyuterga ulang. Printerda “Recovery Mode” namoyish qilingan vaqtda tarmoq ulanishi orqali mikrodasturni yangilay olmaysiz. Kompyuterda mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring va keyin eng so‘nggi printer mikrodasturini yuklab oling. Keyingi qadamlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun veb-saytdagi ko‘rsatmalarga qarang.