Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Qarov
Qarov
Bosma sifatini o‘zgartirish
Bosmalar bilan muammo bo‘lsa, bu xususiyatni tanlang. Zarur bo‘lsa, uchliklar tiqilib qolganini tekshirib, kallakni tozalash mumkin va bosma sifatini yaxshilash uchun ayrim parametrlarni sozlash mumkin.
Kallak uchini tekshirish
Chop etish kallagi uchliklari tiqilib qolgan-qolmaganini tekshirish uchun shuni tanlang.Printer uchlikni tekshirish andozasini chop etadi.
Chop etish kallagini tozalash
Chop etish kallagidagi tiqilib qolgan uchliklarni tozalash uchun shuni tanlang.
Kallakni rostlash
Chizg'ichli satr bo'yicha tenglashtirish
Chop qilingan narsalar chaplangan yoki matn hamda chiziqlar tekis bo‘lmasa, shu funksiyani tanlang.
Gorizontal tenglashtirish
Agar gorizontal ajratish chop qilingan hujjatlarda odatiy oralqida chiqarilayotgan bo‘lsa, bu funksiyani tanlang.
Siyoh kartrij(lar)ini almashtirish
Siyoh tugashidan oldin siyoh kartrijlarini almashtirish uchun bu xususiyatdan foydalaning.
Rostlagichni tozalash
Ichki g‘ildiraklarda siyoh dog‘lari bor bo‘lsa, shuni tanlang.Ichki g‘ildiraklarni tozalash uchun printer qog‘oz o‘tkazadi.
Qog‘ozni chiqarib olish
Tiqilgan qog‘ozlarni chiqarib tashlagandan keyin ham printer ichida yirtilgan parchalar qolib ketgan bo‘lsa, shuni tanlang.Yirtilgan parchalarni olib tashlash osonlashishi uchun printer chop etish kallagi bilan qog‘oz sirti orasida ko'proq bo‘shliq hosil qiladi.