Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh texnik xizmat ko‘rsatish qutisiga to‘planishi mumkin. Texnik xizmat ko‘rsatish qutisidan siyoh oqishining oldini olish uchun printer texnik xizmat ko‘rsatish qutisining so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Texnik xizmat ko‘rsatish qutisini almashtirish kerakligi haqida xabar chiqsa, boshqaruv panelidagi animatsiyalarga qarang. Qutini almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism.

U to‘lgan bo‘lsa, siyoh oqib ketishining oldini olish uchun texnik xizmat ko‘rsatish qutisi almashtirilmagunicha chop qila va chop qilish kallagini tozalay olmaysiz.
Quyidagi ekran ko‘rsatilganida qismni foydalanuvchilar tomonidab almashtirib bo‘lmaydi. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin.
