Legal o‘lchamdan ko‘ra uzunroq bo‘lgan qog‘ozlarni yuklaganda chiqarish lotogini uzaytiring va keyin uni ko‘taring.

Qog‘oz kassetasini uzaytiring va keyin qirra yo‘naltirgichlarini maksimal holatlarigacha suring.

Chop qilinadigan tomonini pastga qilgan holda kassetaning uchidagi uchburchak belgisidan o‘tib ketmaydigan bir varaq qog‘ozni yuklang. Qirra yo‘naltirgichini qog‘oz qirrasiga suring.

Qog‘ozni qo‘lingiz bilan barqaror ushlab turgan holda qog‘oz kassetasini tiqillagan tovush chiqarib soling.

Chiqarish lotogini pasaytiring. Mos qog‘oz o‘lchami parametri sifatida Boshqa-ni tanlang.

Qog‘ozning uchi pependikulyar tarzda kesilganligiga ishonch hosil qiling. Diagonal tarzda kesish qog‘oz tiqilishi muammolariga olib kelishi mumkin.
Agar qog‘oz egilgan bo‘lsa, solishdan avval uni tekislang yoki teskari yo‘nalishda eging. Ezilgan qog‘ozga chop qilish qo‘gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.
Uzatilayotgan yoki chiqarilayotgan qog‘ozga tegmang. U qo‘lingizni jarohatlashi yoki chop qilish sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.