O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.
Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish
Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.
Parametrlarni asliga qaytarish
Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Asosiy panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.
Hujjat o‘lchami
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang.
Natijaviy qog‘oz
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Hujjat o‘lchamiNatijaviy qog‘oz bandidan farq qilsa, Hujjatni katta/kichraytirish bandi avtomatik tarzda tanlanadi. Hujjat o‘lchamini kamaytirmay yoki kattalashtirmay chop qilayotganda buni tanlashingiz shart emas.
Hujjatni katta/kichraytirish
Hujjat o‘lchamini kamaytirish yoki kattalashtirishga imkon beradi.
Sahifaga moslashtirish
Natijaviy qog‘oz-da tanlangan qog‘oz o‘lchamiga moslashtirish uchun hujjatni avtomatik ravishda kichraytiring yoki kattalashtiring.
Miqyos
Ma’lum foiz bilan chop qiladi.
Markaz
Rasmlarni qog‘ozning markaziga chop qiladi.
Rangni to‘g‘rilash
Avtomatik
Rasmlarning tusini avtomatik ravishda sozlaydi.
Noodatiy
Qo‘lda ranglarni tuzatishni bajarishga imkon beradi. Qo‘shimcha-ni chertish Rangni to‘g‘rilash ekranini ochadi va bu ekranda rangni moslashtirishning batafsil usulini tanlashingiz mumkin. Tasvir tanlamalari tugmachasini chertganingizda sizga Rangli universal bosma usulini belgilash hamda matn va ingichka chiziqlarni ta’kidlash imkonini beradi. Chekkasini silliqlash va Qizil ko‘zni tuzat funksiyalarini ham yoqishingiz mumkin.
Suv belgisi xususiyatlari
Nusxa ko‘chirishga qarshi belgilar, suv belgilari yoki yuqori kolontitul va quyi kolontitullar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi.
Qo‘sh/O‘chir
O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilarini qo‘shish yoki olib tashlashga imkon beradi.
Sozlamalar
Nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilari uchun chop qilish usulini o‘rnatishga imkon beradi.
Sarlavha/Taglavha
Yuqori yoki quyi kolontitullarda foydalanuvchi nomi va chop etish sanasi kabi ma’lumotlarni chop etishingiz mumkin. Keyin rang, shrift, o‘lcham yoki uslubni o‘rnatishingiz mumkin.
Maxfiy ish
Maxfiy hujjatlarni chop qilish vaqtida parol bilan himoyalang. Agar bu xususiyatdan foydalansangiz, chop etish printerda saqlanadi va faqatgina printerning boshqaruv panelidan foydalangan holda parol kiritilgandan keyingina chop qilish mumkin. Sozlamalarni o‘zgartirish uchun Settingsni cherting.
Qo‘shimcha sozlamalar
180° ga aylantirish
Chop etishdan oldin sahifalarni 180 darajaga aylantiradi. Konvertlar kabi printerda ma’lum belgilangan yo‘nalishda kiritiladigan qog‘ozlarni chop qilishda bu bandnbi tanlang.
Ikki yo‘nalishda chop qilish
Chop qilish kallagi har ikkala yo‘nalishda harakatlanganda chop qiladi. Chop qilish tezligi tezroq, biroq sifati pasayishi mumkin.
Rasmni akslantirish
Tasvirni u huddi ko‘zguda ko‘ringani kabi chop qilinishi uchun aylantiradi.