> Printerni tayyorlash va dastlabki sozlamalarni o‘rnatish > Qo‘shimcha qog‘oz kassetalarini o‘rnatish

Qo‘shimcha qog‘oz kassetalarini o‘rnatish

3 tagacha qog‘oz kassetasi o‘rnatish mumkin.

Diqqat:
  • O‘rnatishni boshlashdan oldin printerni o‘chiring, undan elektr kabelini chiqarib oling va har qanday kabellarni uzib qo‘ying. Aks holda elektr kabeliga shikast yetib, yong‘in chiqishi yoki tok urishi mumkin.

  • Printer og‘ir va kamida ikki kishi tomonidan ko‘tarilishi yoki tashilishi kerak. Agar 1-qog‘oz Kassetasi dan boshqa har qanday qog‘oz kassetasi o‘rnatilgan bo‘lsa, printerni ko‘tarishdan avval uni chiqarib oling. Printerni ko‘targanda kamida ikki kishi quyida ko‘rsatilgani kabi to‘g‘ri holatda turishlari kerak.

Muhim:
  • Ixtiyoriy kasseta bloklarini o‘rnatish va bo‘shatish uchun otvertka tayyorlang.

  • Mos o‘lcham va turdagi otvertkadan foydalaning. Aks holda vintni bo‘shata olmasligingiz yoki tasodifan boshqa vintni bo‘shatishingiz mumkin.

  1. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring, keyin rozetkadan sug‘uring.

  2. Ulangan kabellarni uzib qo‘ying.

  3. Qo‘shimcha qog‘oz kassetalari o‘rnatilgan bo‘lsa, otvertkadan foydalanib ularni ham ajratib qo‘ying.

  4. Printerning orqa tomonidagi qismni oching.

  5. Qo‘shimcha qog‘oz kassetasi blokini qutisidan oling va himoya materiallarini olib tashlang.

  6. To‘plamdagi narsalarni tekshirib ko‘ring.

  7. Quyi ixtiyoriy qog‘oz kassetasi blokini printerni sozlamoqchi bo‘lgan joyga joylashtiring.

  8. Agar siz faqat ixtiyoriy qog‘oz kassetasi blokidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, 11-qadamga o‘ting. Agar siz ikkita yoki uchta ixtiyoriy qog‘oz kassetasi blokidan foydalayotgan bo‘lsangiz, keyingi qadamga o‘ting.

  9. Ixtiyoriy qog‘oz kasseta bloklarini eng quyi ixtiyoriy qog‘oz kasseta bloki ustiga taxlang va keyin ularni otvertka yordamida vint bilan mahkamlang.

  10. Ko‘proq ixtiyoriy qog‘oz kasseta bloklarini qo‘shish uchun avvalgi qadamni takrorlang.

  11. Printerni ohistalik bilan qo‘shimcha qog‘oz kassetasi bloklarining ustiga pasaytirib, chetlarini to‘g‘rilang, keyin otvertkadan foydalangan holda vintlar bilan qotiring.

  12. Qo‘shimcha qog‘oz kassetasi bloklari va printerni orqa tomon va o‘ng tomonga biriktiring va otvertkadan foydalanib vintlar bilan qotiring.

  13. O‘zingiz 4-qadamda chiqarib olgan qismni quyi ixtiyoriy qog‘oz kassetasi blokiga biriktiring.

  14. Kasseta raqamini ko‘rsatadigan stikerni yopishtiring.

  15. Elektr kabeli va boshqa kabellarni joyiga ulab, printerni tokka ulang.

  16. tugmasini bosish orqali printerni yoqing.

  17. Ixtiyoriy qog‘oz kassetasi blokining Qog‘oz ekranida namoyish qilinishini tekshirish uchun ixtiyoriy qog‘oz kassetasi blokini chiqarib oling va qayta o‘rnating.

    Eslatma:

    Qo‘shimcha qog‘oz kassetasi blokini olib tashlashda printerni o‘chiring, elektr kabelini uzing, barcha kabellarni uzing va o‘rnatish jarayonini teskarisiga bajaring.

Printer drayverini sozlang.