Kontaktlar haqidagi ma’lumotlarni fayldan import qiling.
Siz SYLK formati yoki csv formatida saqlangan fayllarni import qilishingiz yoki xavfsizlik elementlarini o‘z ichiga oluvchi binar faylni zahiraviy nusxalashingiz mumkin.
Epson Device Admin-ni ishga tushiring.
Vazifalar menyusining yon panelidagi Devices bandini tanlang.
Qurilmalar ro‘yxatidan o‘zingiz sozlamoqchi bo‘lgan qurilmani tanlang.
Tasmali menyidagi Device Configuration panelidagi Home bandini bosing.
Administrator paroli o‘rnatilgandan so‘ng, parolni kiriting va OK tugmasini bosing.
Common > Contacts bandini bosing.
Import dagi Browse tugmasini bosing.
Import qilmoqchi bo‘lgan faylni tanlab, keyin Open-ni cherting.
Binar faylni tanlaganingizda Password da o‘zingiz faylni eksport qilishda o‘rnatgan parolni kiriting.
Import-ni cherting.
Tasdiqlash ekrani ko‘rsatiladi.
OK-ni cherting.
Tasdiqlash natijasi koʻrsatiladi.
Import tugmasini bosing va keyin import qilishni yakunlash ekranida OK tugmasini bosing.
Qurilmaning xususiyatlar ekraniga qayting.
Transmit-ni cherting.
Tasdiqlash xabarida OK tugmasini bosing.
Sozlamalar printerga yuboriladi.
Yuborishni yakunlash ekranida OK tugmasini bosing.
Printer ma’lumotlari yangilanadi.
Web Config yoki printer boshqaruv panelidan kontaktlarni oching va keyin kontaktning yangilanganligini tekshiring.