Guruh bo‘yicha siyosatni sozlash

Guruh siyosati bu foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhiga qo‘llaniluvchi bitta yoki bir nechqa qoidalardir. Printer sozlanuvchi siyosatlar bilan mos keluvchi IP paketlarini boshqaradi. IP paketlar guruh siyosati tartibida 1 dan 10 gacha, keyin sukut bo‘yicha siyosatga ko‘ra autentifikatsiya qilinadi.

  1. Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.

    Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan kompyuterdan printer IP-manzilini kiriting.

    Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.

    Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati

  2. Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.

  3. Quyidagi tartibda tanlang.

    Network Security paneli > IPsec/IP Filtering > Basic

  4. O‘zingiz sozlamoqchi bo‘lgan sonlangan panelga bosing.

  5. Har bir element uchun qiymatni kiriting.

  6. Next-ni cherting.

    Tasdiqlash xabari ko‘rsatiladi.

  7. OK-ni cherting.

    Printer yangilandi.